Surxondaryoda jadidlar merosining yoş bilimdonlari aniqlandi
Termiz şahridagi 26-sonli umumiy örta taʼlim maktabida «Jadidlar izidan» respublika tanlovining Surxondaryo viloyati bosqiçi yakunlandi. Unda viloyatning barça tuman va şaharlaridan saralangan 30 nafar öquvçi iştirok etdi.
Tanlov yoşlarni jadid maʼrifatparvarlarining hayoti va ijodi bilan yaqindan taniştiriş, ularning millat ravnaqi yölidagi faoliyatiga qiziqişni oşirişga qaratilgan. Iştirokçilar 6–8 va 9–10-sinf öquvçilari toifalarida uçta şart böyiça bellaşdi. Ular jadidçilik harakati namoyandalarining ijodiy merosi va maʼrifatparvarlik ğoyalariga oid bilimlarini namoyiş etdi.
6–8-sinf öquvçilari örtasida Termiz şahridagi 26-maktab öquvçisi Abdukarim Abdukarimov birinçi örinni egalladi. Ikkinçi örin Sariosiyo tumanidagi 1-maktabdan Fotima Iskandarovaga, uçinçi örin esa Boysun tumanidagi 43-maktabdan Zarina Xudoyberdiyevaga nasib etdi.
9–10-sinf öquvçilari örtasida Jarqörğon tumanidagi 16-maktab öquvçisi Muhammad Keldiyorov ğolib böldi. Qumqörğon tumanidagi 30-maktabdan Farida Ramazonova ikkinçi, Oltinsoy tumanidagi 70-maktabdan Dildora Amirqulova uçinçi örinni egalladi.
Har ikki toifada birinçi örinni egallagan Abdukarim Abdukarimov va Muhammad Keldiyorov tanlovning respublika bosqiçiga yöllanma oldi.
[gallery-32630]
Tanlov yakunida ğolib va sovrindorlar, şuningdek, faol iştirokçilar diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Jonibek QÖZIMURODOV (surat), ÖzA