Maktabdan boşlangan qutqaruvçilik saboqlari
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi 52-umumtaʼlim maktabida «Volontyor qutqaruvçi» guruhi faoliyat yuritmoqda. Uning safida qutqaruvçilikka qiziqqan 20 nafar öquvçi bor.
Guruh Vazirlar Mahkamasining joriy yil 17-apreldagi “Favqulodda vaziyatlar volontyori” jamoatçilik guruhlarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida taşkil etilgan. Jamoa 2026/2027 öquv yilida öz faoliyatini boşlagan.
Öquvçilar guruhga öz xohişi bilan aʼzo bölgan. Ular maktabda fuqaro muhofazasi böyiça ötkaziladigan tadbirlarda iştirok etadi. Amaliy öquv yiğinlari va maşğulotlar ham yoş volontyorlar faoliyatining bir qismidir.
[gallery-32639]
Guruh aʼzolari maktab jamoasi örtasida fuqaro muhofazasi masalalariga doir tarğibot işlarini ham olib boradi.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA