Oçiq va samimiy muloqotlar yoşlar tarbiyasida muhim örin tutmoqda
Andijon viloyati bojxona boşqarmasi boşliği, polkovnik Qahramon Umarov “Rahbar va yoşlar uçraşuvi” doirasida Toşkent xalqaro universiteti Andijon kampusi talabalari bilan uçraşib, muloqot ötkazdi.
Yoşlarning bojxona sohasiga bölgan qiziqişini oşiriş, ularga tizim faoliyati, xizmatning öziga xos jihatlari hamda kelajakdagi kasbiy imkoniyatlar haqida kengroq maʼlumotlar beriş maqsadida ötkazilgan uçraşuv oçiq va samimiy muloqotlar ruhida ötdi.
Tadbirda boşqarma boşliği mamlakatimizda yoşlarning öqişi, kasb-hunar örganişi, öz imkoniyatlarini tölaqonli yuzaga çiqarişlari uçun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, ularning taklif va taşabbuslari doimiy ravişda qöllab-quvvatlanayotganligini taʼkidladi. Şuningdek, öz hayotiy tajribasi misolida muvaffaqiyatga erişişda puxta bilim, tinimsiz izlaniş, mehnatsevarlik, qatʼiyat va Vatanga sadoqat muhim ahamiyat kasb etişini alohida qayd etdi.
Şundan söng bojxona xizmati faoliyati, uning mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taʼminlaş, taşqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soliş, davlat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilişdagi örni haqida atrofliça maʼlumot berildi. Xususan, sohada qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlar, ularning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati, bojxona rejimlarining qöllaniliş tartibi tuşuntirildi. Talabalarga eksport, import, reimport va tranzit kabi bojxona rejimlariga hayotiy misollar orqali tuşunçalar berildi.
Muloqot davomida bugungi kunda yoşlar orasida uçrayotgan dolzarb muammolardan biri — narkotik vositalar bilan boğliq jinoyatlarga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, ayrim yoşlarning moddiy manfaat yoki turli aldovlarga uçib, narkotik moddalarni “yetkazib beruvçi” şaxs sifatida jinoiy faoliyatga jalb etilayotgani, bunday harakatlarning oğir oqibatlari haqida gapirildi.


Boşqarma boşliği bunday jinoyatlar yoşlarning kelajagi, taʼlimi va hayotiga jiddiy salbiy taʼsir körsatişini qayd etib, qonun oldida javobgarlik muqarrarligini alohida taʼkidladi. Talabalarni har qanday şubhali takliflarga nisbatan huşyor bölişga, oson daromad vaʼdalariga işonmaslikka çaqirdi.
Tadbir davomida bojxona xodimlarining kundalik xizmat faoliyati, davlat çegaralarida amalga oşirilayotgan nazorat tadbirlari, huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş jarayonlari aks etgan videorolik namoyiş etildi.


Şuningdek, tadbirda öqişdagi yutuqlari va faolligi bilan tengdoşlariga ibrat bölib kelayotgan bir guruh talabalarga esdalik sovğalari topşirildi.
Uçraşuv yakunida Andijon viloyati bojxona boşqarmasi hamda Toşkent xalqaro universiteti Andijon kampusi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri