Isteʼmolçilarga bepul huquqiy maslahatlar berilmoqda
“Yuksaliş” harakatining Navoiy viloyati hududiy bölinmasi hamda Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi viloyat hududiy boşqarmasi hamkorligida Navoiy innovatsiyalar universiteti hamda Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universitetida “Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş – dolzarb vazifa” mavzusida davra suhbati taşkil etildi.
Talabalar hamda professor-öqituvçilar iştirok etgan uçraşuvlarda Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi Navoiy viloyati hududiy boşqarmasi mutaxassislari tomonidan “Isteʼmolçilarning huquqlari töğrisida”gi qonunning mazmun-mohiyati hamda isteʼmolçilar tomonidan eng köp murojaat bölayotgan yönalişlar haqida tuşunçalar berilib, ularning bilimlari yanada oşirildi.

– Köpçilik fuqarolar kundalik hayotda sifatsiz tovar, bajarilmagan kafolat majburiyati, onlayn xariddagi aldov yoki çalğituvçi reklamaga duç keladi. Biroq köpçilik bunday vaziyatda qanday huquqlarga ega ekanini va qayerga murojaat qiliş kerakligini bilmaydi. Aksiya şu böşliqni töldirişga qaratilgan, – deydi harakatning Navoiy viloyati hududiy bölinmasi boş mutaxassisi Ilhom Sattorov. – Davra suhbatida savdolarni amalga oşiriş, taşqi reklamalarni joylaştiriş, ijtimoiy tarmoqlarda reklama qiliş tartibi, servis va xizmat körsatiş jarayonida yöl qöyilayotgan qonunbuziliş holatlari haqida maʼlumotlar berildi.
Uçraşuv sönggida iştirokçilar murojaatlari tinglanib, ularga huquqiy maslahat berildi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri