Şaxmat toji uçun kuraşning 3-turida murosa yöli tanlandi
Şveysariyaning Jeneva şahridagi BMT Millatlar saroyida mukofot jamğarmasi 2 500 000 AQŞ dollaridan iborat jahon çempionligi va şaxmat toji uçun ötkazilayotgan musobaqaning 3-tur öyinlari ortda qoldi
Dunyo şaxmat işqibozlari eʼtibor markazida bölgan Javohir Sindorov va amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju örtasidagi musobaqaning 3-tur bahsida hamyurtmiz Sindorov oq donalarda harakatlandi.
2026-yilgi şaxmat toji va unvoni uçun kuraşning 3-turida amaldagi jahon çempioni Gukeş oq donalarda, Javohir qora donalarda harakatlandi.
Aytiş lozimki, dastlabki ikki partiyada murosa yöli tanlanganligi 3-tur öyini qaysidir maʼnoda hal qiluvçi “jang”larning şiddati boşlanayotganligini anglatayotgandek edi, nazarimizda.

Öziga xos kombinatsion öyinda Sindorov hujumkor öyin namoyiş etdi. Gukeş 5 soatga yaqin vaqt davom etgan musobaqada kuçli himoyalaniş va ayrim vaziyatlarda qarşi hujum holatida harakatlandi va bu oxir-oqibat öyin durang bilan yakunlandi.
Jahon çempionligi va şaxmat toji uçun ötkazilayotgan musobaqaning navbatdagi 4-tur öyini 28-noyabr kuni ötkaziladi.
Musobaqa nizomiga muvofiq 27-noyabr kuni şaxmatçilar uçun dam oliş kuni sifatida belgilangan.
14 ta turdan iborat bölgan musobaqa 12-dekabrga qadar davom etadi.
T. Röziyev, ÖzA