Futbolçilarimiz Italiyadan yengildi
Qatarda davom etayotgan futbol böyiça 17 yoşgaça bölgan ösmirlar örtasidagi Jahon çempionatining «E» guruhida Özbekiston — Italiya, Yamayka — Kot-d’Ivuar ösmirlar terma jamoalari bahsi bölib ötdi.
Unda Sergey Çigodayev boşçiligidagi Özbekiston ösmirlar terma jamoasi Italiyaga qarşi ötgan öyinda 3:1 hisobida mağlubiyatga uçragan bölsa, Kot-d’Ivuar 3:1 hisobida Yamayka termasini taslim etdi.
Qayd etilgan natijadan söng, Italiya uçinçi turdan keyin 9 oçko bilan guruh peşqadam sifatida pley-offga yöl oldi.
Kot-d’Ivuar ösmirlar terma jamoasi 6 oçko bilan ikkinçi örinda keyingi bosqiçga çiqdi. Futbolçilarimiz 3 oçko bilan uçinçi örinda qoldi. Yamayka uçta öyinda mağlub bölib, musobaqani oçkosiz tark etdi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA