Gollivud nigohidagi Özbekiston: tarixiy şaharlar kinoekranga köçişi mumkin
Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy şaharlar Gollivud kinoloyihalari uçun öziga xos suratga oliş manziliga aylanişi mumkin. Bu haqda amerikalik kinoprodyuser Larri Kasanoff Toşkentda bölib ötgan uçraşuvda maʼlum qildi.
«Ipak yölida turizm» 31-Toşkent xalqaro turizm yarmarkasi hamda Turizm sohasidagi birinçi xalqaro investitsiya forumi doirasida Turizm qömitasi raisi Abdulaziz Akkulov Gollivud kinoprodyuseri Larri Kasanoff bilan uçraşdi.
Muloqot davomida kino va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan memorandum imzolandi. Tomonlar Özbekistonning tarixiy-madaniy merosi va tabiiy salohiyatini xalqaro auditoriyaga keng tanitiş, mamlakatda yirik xorijiy kinoloyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlarini muhokama qildi.
Xususan, Country Placement dasturi asosida Özbekistonda Gollivudning sarguzaşt janridagi blokbaster filmlaridan birini suratga oliş istiqbollari körib çiqildi. Loyihani amalga oşirişda Özbekiston Milliy kinokomissiyasi amaliy kömak körsatişi rejalaştirilgan.
— Özbekistonning boy tarixi, mehmondöst xalqi, ming yillik meʼmoriy va madaniy merosi jahon kinoijodkorlari uçun katta imkoniyatlar oçadi. Samarqand, Buxoro va Xiva kabi şaharlar sarguzaşt ruhidagi filmlar uçun haqiqiy durdona böla oladi, — dedi Larri Kasanoff.
Kinoprodyuser, şuningdek, turizm yarmarkasi doirasida «Kino va turizm: yangi turistik manzillarni yaratiş» mavzusidagi maxsus sessiyada iştirok etdi. Unda xorijiy kinoloyihalarni jalb qiliş va kino orqali yangi turistik yönalişlarni şakllantiriş masalalari muhokama qilindi.
Qayd etiş joizki, xalqaro kinoasarlarda mamlakatning tarixiy obidalari, tabiati va madaniyati namoyiş etilişi uning sayyohlik jozibadorligini oşirişga xizmat qiladi.
Maʼlumot uçun, Larri Kasanoff kinoindustriyada 35 yildan ortiq tajribaga ega. U «Threshold Entertainment Group» kompaniyasi raisi va boş ijroçi direktori, şuningdek, «Mortal Kombat» franşizasi yaratuvçilaridan biri hisoblanadi. U «Terminator 2: Judgment Day» va «True Lies» kabi maşhur filmlar ustida ham işlagan.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA