Kuraş: “Olimpiya şaharçasi”da yangi çempionlar aniqlanadi
Toşkent şahridagi “Olimpiya şaharçasi”dagi jamoaviy sport turlari majmuasida milliy sportimiz kuraş böyiça kattalar örtasida Özbekiston çempionati mamlakatimizning eng kuçli polvonlarini bir maydonga jamladi.
Çempionatning tantanali oçiliş marosimida iştirok etgan Sport vaziri örinbosari Murod Ismoilov hamda Toşkent şahar prokurori Anvar Örmonov mamlakat çempionatining ahamiyati, bellaşuvlar natijasida xalqaro kuraş musobaqalarida vatanimiz şarafini himoya qiladigan terma jamoa aʼzolari saralanişi bilan ahamiyatli ekanligini taʼkidlaşdi.
Yilning eng muhim musobaqalaridan biri sanalgan mamlakat çempionatining birinçi kunida erkaklar -60, -66 kilogrammda, kuraşçi xotin-qizlar -48, -52 va -57 kilo oğirlikda sovrinli örinlarga daʼvogarlik qildi.
Şiddatli bellaşuvlar natijasiga köra, erkaklar örtasida surxondaryolik Asadbek Saydullayev va navoiylik Otabek Hasanov, ayollar örtasida toşkentlik Gözal Xolmöminova va Sitora Elmurodova, sirdaryolik Fotima Qodirova ğoliblik şohsupasiga ega çiqdi.
Özbekiston çempionati musobaqalari 28-noyabrga qadar davom etadi.
T. Röziyev, ÖzA