Özboşimça egallangan yer uçun ham qonun ustuvor, jazo muqarrar
Har bir qariç yerning hisob-kitobi bor. Ayrim yurtdoşlarimizning hamon yerlarni özboşimçalik bilan egallab, ğayriqonuniy foydalanişga urinayotgani açinarlidir. Joylarda yer uçastkalarining özboşimçalik bilan egallab olinişiga yöl qöymaslik çoralari körilib, yerdan foydalaniş madaniyatini oşirişga qaratilgan uzluksiz tadbirlar taşkil etilayotgan bölsa-da, yer töğrisidagi qonunçilikning buzilişiga sabab bölayotgan insonlar uçrayotgani köpçilikni beixtiyor öyga toldirmoqda.
Surxondaryo viloyatida Kadastr agentligi boşqarmasi va uning tuman, şahar bölimlari tomonidan yer qonunçiligi ijrosi ustidan nazoratni kuçaytiriş, qonunbuzilişlarni öz vaqtida aniqlaş va belgilangan vazifalarni samarali bajarişda “E-yer nazorat” avtomatlaştirilgan axborot tizimidan foydalanilmoqda.
Prezidentimizning 2020-yil 7-sentabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritiş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni asosida işlab çiqilgan mazkur tizim izçil takomillaştirib borilmoqda. Jumladan, u Içki işlar vazirligining “E-maʼmuriy iş” tizimi bilan integratsiya qilingan.
Agentlik tomonidan taqdim etilgan maxsus planşetlar yordamida yer qonunçiligini buzgan şaxslarni aniqlaş, maʼmuriy bayonnomalarni elektron şaklda rasmiylaştiriş imkoniyati yaratilgan. Bu esa ortiqça qoğozbozlikni kamaytiriş, huquqbuzarliklarni bartaraf etiş muddatlarini qisqartiriş hamda idoralararo hujjat almaşinuvini tezlaştirişga xizmat qilmoqda.
Şuningdek, tizim orqali kosmik suratlar asosida yer maydonlarining holatini kuzatib boriş, noqonuniy qurilişlar va quriliş jarayonidagi qonunbuzilişlarni erta aniqlaş imkoniyatlari kengaymoqda.

Sohada yuz berayotgan bunday özgariş va yangilanişlar yerdan oqilona foydalaniş va yerlarni özboşimçalik bilan egallaşning oldini olişga xizmat qilmoqda. Masalan, Kadastr agentligi Qiziriq tumani bölimi nazoratçilari tumanda yer qonunçiligi talablariga rioya etilişi yuzasidan ötkazgan yer nazorati tadbirlari çoğida bir yöla ikkita qonunbuziliş holatiga duç keldi. Birinçi holatda tumandagi masʼuliyati çeklangan jamiyati hisobida bölgan suğoriladigan ekin yer maydonining 100 metr-kvadrat qismini Böriboy Ahmedov (ism-şariflar özgartirildi) özboşimçalik bilan egallab, hududda noqonuniy quriliş işlarini amalga oşirgani aniqlandi. Holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylaştirilib, töplangan hujjatlar huquqiy baho beriş uçun prokuratura organlariga yuborildi. Şuningdek, noqonuniy qurilmani ixtiyoriy ravişda bartaraf etiş yuzasidan özboşimça fuqaroga ogohlantiriş xati berildi.

Ikkinçi holatda tumandagi mahalliy ariqning muhofaza hududidan Kamol Xöjayev 50 metr-kvadrat yer maydonini özboşimçalik bilan egallab, noqonuniy quriliş işlarini bajargani maʼlum böldi. Bu qonunbuziliş yuzasidan unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 60-moddasi 3-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirildi. Belgilangan tartibda jarima qöllanilib, noqonuniy qurilmani bartaraf etiş böyiça yozma körsatma berildi. Natijada noqonuniy qurilma fuqaroning öz hisobidan töliq bartaraf etilib, yer uçastkasi dastlabki holatiga qaytarilişi taʼminlandi.
Kezi kelganda aytiş lozimki, yer bilan boğliq huquqbuzarliklarning oldini olişda aholining huquqiy savodxonligini yuksaltiriş, muntazam tarğibot-taşviqot işlarini olib boriş ham öz samarasini beradi. Şu bois hududlarda qonunbuziliş holatlarini bartaraf etiş barobarida aholiga yerdan foydalanişda yöl qöyilgan qonun buzilişlarining huquqiy oqibatlari atrofliça tuşuntirilayotir. Qonuniy yer maydonining har qariçidan oqilona foydalanib, qöşimça daromad topiş yuzasidan keng qamrovli tarğibot tadbirlari olib borilmoqda.
Menglimamat Abdurahmanov,
Kadastr agentligi
Surxondaryo viloyati boşqarmasi boşliği.
ÖzA