Özbekiston Afğoniston bilan oziq-ovqat hamkorligini kengaytiradi
Özbekiston va Afğoniston oziq-ovqat xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalarida hamkorlikni kengaytirmoqda. Uşbu kelişuv ikki davlat uçun yangi savdo va iqtisodiy imkoniyatlarni oçib beradi.
Özbekiston va Afğoniston oziq-ovqat xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalaridagi hamkorlikni kengaytiradi. Bu haqda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi raisi Azizbek Urunov va Afğoniston qişloq xöjaligi, irrigatsiya va çorvaçilik vaziri örinbosari Mavlaviy Sadr Aʼzam Usmoniy boşçiligidagi delegatsiya uçraşuvida aytildi.
Muloqotda ikki davlat örtasida qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdosini kengaytiriş, fitosanitariya hamda veterinariya yönalişlaridagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.

Maʼlumot uçun, 2026-yil 1-noyabr holatiga köra, Özbekistondan Afğonistonga salkam 430 million dollarlik 1,33 million tonna oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilingan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan qiymat jihatidan 12 foizga köp.
Uçraşuvda Afğonistondan gilos va örik importini yölga qöyiş uçun fitosanitariya xavfi tahlilini yakunlaş, uşbu yurtdan kartoşka importi hajmini kengaytiriş va 300 ming tonnagaça yetkaziş imkoniyatlarini körib çiqiş, göşt işlab çiqaruvçi korxonalarini tegişli reyestrga kiritiş jarayonlarini jadallaştiriş, veterinariya xizmati faoliyatini auditdan ötkaziş va göşt işlab çiqaruvçi korxonalarda inspeksiya taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.

Şu bilan birga, Özbekistondan Afğonistonga baliq va baliq mahsulotlari eksportini kengaytiriş kabi yönalişlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar mahsulotlar xavfsizligini taʼminlaş, veterinariya-sanitariya va fitosanitariya talablariga rioya etiş, şuningdek, mutaxassislar örtasida tajriba almaşişni rivojlantiriş muhimligini qayd etdi.

Uçraşuv yakunida belgilangan yönalişlar böyiça amaliy hamkorlikni davom ettiriş, masʼul mutaxassislar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş va mavjud masalalarni bosqiçma-bosqiç hal etiş yuzasidan kelişib olindi.
Sanjar Toşpölatov,
ÖzA