Farğonada paxtaçilik mavsumi yakunlari tahlil qilindi
Farğona şahridagi viloyat axborot-kutubxona markazida paxtaçilik sohasida erişilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalarga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda viloyat qişloq xöjaligi boşqarmasi, Sirdaryo–Söx irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi masʼullari, soha mutaxassislari, fermerlar, jurnalist va blogerlar iştirok etdi.
Anjumanda qayd etilganidek, joriy yilda mamlakatimizda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta xomaşyosi yetiştirildi. Uşbu natijaga farğonalik paxtakorlar ham munosib hissa qöşib, viloyatda 371,5 ming tonnadan ziyod hosil olindi.
Mavsum davomida 72 ming gektar maydonda ğöza parvarişlanib, şundan 62 ming gektariga xorijiy navli çigit ekildi. Paxta terimini mexanizatsiyalaş maqsadida Xitoyning «Swan» kompaniyasidan 135 ta yangi terim maşinasi xarid qilindi. Natijada viloyatdagi bunday texnikalar soni qariyb 300 taga yetdi.
Viloyat böyiça örtaça hosildorlik gektariga 53,5 sentnerni taşkil etdi. Qöştepa, Bağdod, Buvayda, Quva, Yozyovon, Oltiariq va Toşloq tumanlaridagi fermer xöjaliklari yuqori natijalarga erişdi.
Tadbirda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş, suv resurslaridan oqilona foydalaniş, tomçilatib suğoriş tizimlarini kengaytiriş, kanal va ariqlarni betonlaştiriş hamda seleksiya yutuqlarini amaliyotga tatbiq etiş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, ilğor fermerlar öz tajribalari bilan örtoqlaşib, yuqori hosildorlikka erişişda qöllagan usullari haqida maʼlumot berdi.
[gallery-32453]
Anjuman yakunida jurnalist va blogerlar özlarini qiziqtirgan savollarga soha masʼullaridan batafsil javob oldi.
Muqimjon QODIROV (surat), ÖzA