Qişloq xöjaligi xodimlari mehnatining munosib eʼtirofi
Şu kunlarda yurtimizning har bir fuqarosi agrar soha mehnatkaşlari bilan faxrlanmoqda. Yangi Özbekiston tarixida ilk bor paxta hosili 5 million tonnadan oşdi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning dehqon va fermerlarga, sohaning barça xodimlariga yöllagan tabrigida uşbu yutuqning tarixiy ahamiyati alohida eʼtirof etildi.

Bu nafaqat qişloq xöjaligi, balki butun mamlakatimiz uçun juda muhim voqeadir. Yangi Özbekiston tarixida ilk bor bunday ulkan xirmon kötarildi. Uşbu natija ortida millionlab insonlarning fidokorona mehnati hamda sohada amalga oşirilayotgan islohotlarning yuqori samaradorligi mujassam.
Mazkur muvaffaqiyatning alohida ahamiyati nafaqat rekord darajadagi körsatkiçlarda, balki agrar tarmoqning keng kölamli transformatsiyasida ham namoyon bölmoqda.
Özbekistonda qişloq xöjaligini rivojlantirişning mutlaqo yangi modeli şakllandi: ekin maydonlarini kengaytirişdan hosildorlikni oşirişga, maʼmuriy bosimdan fermerlarning iqtisodiy manfaatdorligiga, oğir qöl mehnatidan zamonaviy mexanizatsiya va ilmiy texnologiyalarga ötildi.
Agrar siyosatning falsafasi tubdan özgardi. Ilgari asosiy mezon rejani har qanday evaziga bajarişdan iborat bölgan bölsa, bugungi kunda iqtisodiy samaradorlik, qişloq aholisi farovonligini oşiriş va insonning öz mehnati natijasidan bevosita manfaatdorligi ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
5 million tonnalik paxta hosili yiğilgani ekstensiv modeldan bilim, innovatsiya va yuqori mehnat unumdorligiga asoslangan intensiv rivojlanişga ötilganining amaliy natijasi böldi. Keltirilgan maʼlumotlar islohotlarning kölamini yaqqol körsatib turibdi. Sönggi yillarda ğöza maydonlari 38 foizga qisqargani holda, örtaça hosildorlik 2,7 baravarga — gektaridan 21 sentnerdan 56 sentnergaça oşdi.
Ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasi yuqori samara bermoqda. Alohida fermer xöjaliklarida tomçilatib suğoriş texnologiyasi joriy etilişi hisobiga paxta hosildorligi avvalgi 25–30 sentnerdan 80–85 sentnergaça yetdi. Suv tejovçi texnologiyalarning qöllanilişi esa 1990-yillarga nisbatan suv sarfini ikki baravarga qisqartiriş imkonini berdi.
Respublikamizda Markaziy Osiyo davlatlari orasida paxtaçilik tarmoğini eng keng kölamli tarkibiy qayta quriş amalga oşirildi. Xomaşyoni çuqur qayta işlaşni rivojlantiriş va yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqariş sohaning iqtisodiy mavqeini izçil özgartirmoqda.
Islohotlarning muhim natijalaridan biri fuqarolarni paxta yiğim-terimiga majburiy jalb etişdan butunlay voz keçilgani böldi. Öqituvçilar, talabalar va byudjet taşkilotlari xodimlari özlarining bevosita xizmat vazifalarini bajarişga qaytdi. Uşbu jarayon keng kölamli mexanizatsiyalaştiriş hisobiga evolyutsion yöl bilan amalga oşirildi. 2026-yilda hosilning 85 foizi 3 mingdan ortiq paxta teriş kombayni yordamida yiğib olindi.
Deputatlar korpusi uçun har bir insonning munosib mehnat qilişi va unga munosib haq olişini taʼminlaş boş mezon bölib qolmoqda. Şu munosabat bilan Prezident tomonidan bildirilgan prognoz alohida eʼtiborni tortadi: 2026-yil yakunlari böyiça paxtakor-fermerlarning sof foydasi 13–14 trillion söm darajasida bölişi kutilmoqda.
Tarmoq daromadliligining ortişi işlab çiqariş siklining barça iştirokçilari: xöjalik rahbarlari, dehqonlar, mexanizatorlar, agronomlar va jalb etilgan mutaxassislar farovonligiga bevosita taʼsir körsatmoqda. Bunda har bir şaxsning diskriminatsiyasiz munosib mehnat qiliş, xavfsiz mehnat şaroitlariga ega böliş va mehnatiga munosib haq oliş huquqini kafolatlaydigan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasi talablari sözsiz taʼminlanmoqda.
Agrariylar erişgan tarixiy muvaffaqiyat ijtimoiy adolat tamoyillarining tantanasini aks ettiradi: xöjaliklar daromadliligining ösişi iş haqining öz vaqtida tölanişi, mehnat huquqlariga rioya etilişi, kafolatlangan ijtimoiy himoya va kasbiy ösiş uçun yaratilgan şaroitlar bilan mutanosiblik taşkil etmoqda. Xöjaliklarning aniq iş natijalari bilan boğlangan davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning yangi mexanizmlari joriy etilayotgani ham uşbu ezgu işlarning mantiqiy davomidir.
Parlamentning vazifasi qişloq joylarda iqtisodiy körsatkiçlar va turmuş darajasining mutanosib ravişda ösişini taʼminlaydigan qonunçilik kafolatlarini yanada mustahkamlaşdan iborat. Islohotlarning haqiqiy qiymati oilalar farovonligi, munosib daromad, fuqarolarning ertangi kunga bölgan işonçi va ularning mehnati jamiyat tomonidan eʼtirof etilişi bilan ölçanadi.
Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarning inson manfaatlariga qaratilgani aynan şunda namoyon böladi. Kuçli qişloq xöjaligi — bu, eng avvalo, el-yurt farovonligini taʼminlayotgan insonlarning munosib hayoti demakdir. Uşbu mehnatga munosib haq tölanişi olib borilayotgan siyosat samaradorligining boş mezoni bölib qoladi.
Nodira RAŞIDOVA,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati,
«Adolat» SDP fraksiyasi aʼzosi.