Töraqörğonda meva-sabzavot eksporti imkoniyatlari kengaymoqda
Namangan viloyati Töraqörğon tumanida joriy yilda jami 164 million 470 ming AQŞ dollarilik mahsulot eksport qiliş rejalaştirilgan. Şundan 31,7 million dollari meva-sabzavot mahsulotlari hissasiga töğri keladi.
Tumanda yetiştirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari Rossiya, Yevropa mamlakatlari, Birlaşgan Arab Amirliklari, Qatar hamda MDH davlatlariga eksport qilinmoqda. Joriy yilda eksport geografiyasini yanada kengaytirişga alohida eʼtibor qaratildi.
Bu borada issiqxona xöjaliklarining ham munosib örni bor. Ayni paytda tumandagi 23 ta xöjalikning 50,5 gektar maydonida taşkil etilgan issiqxonalarda pomidor, bodring va bulğor qalampiri yetiştirilmoqda. Mahsulotlar içki bozorga yetkazib berilib, eksportga ham yönaltirilmoqda.
Xususan, hududdagi “Greenhouse makoni” masʼuliyati çeklangan jamiyatining umumiy yer maydoni 3,1 gektarni taşkil etib, şundan 2,4 gektari issiqxonadan iborat.
Ayni kunlarda xöjalikda yetiştirilgan sabzavotlarni yiğib-terib oliş işlari boşlangan. Korxona joriy yilda 130 tonna mahsulot yetiştirib, uning asosiy qismini xorijiy davlatlarga eksport qilişni rejalaştirgan.
[gallery-32432]
Issiqxona xöjaliklari faoliyatining kengayişi hududda meva-sabzavot yetiştiriş hajmini oşiriş, eksport salohiyatini yuksaltiriş hamda aholi bandligini taʼminlaşga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA