Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş – har qaçongidan muhim
Global iqlim özgarişi, aholi sonining oşib borişi va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş ustuvor vazifaga aylangan bir davrda, qişloq xöjaligida kimyoviy vositalardan oqilona foydalaniş har qaçongidan ham muhim. Ayniqsa, qişloq xöjaligi ekinlarini zararkunandalardan himoya qilişda qöllaniladigan pestitsidlarning inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy taʼsirining oldini oliş bugungi kunning eng dolzarb ekologik va ijtimoiy muammolaridan.
Uşbu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etiş, mutaxassislarning ilmiy-amaliy salohiyatini yuksaltiriş maqsadida poytaxtimizda “Genderga sezgir pestitsidlar xavfini boşqariş va zararkunandalarga qarşi xavfsiz kuraş böyiça salohiyatni oşiriş” mavzusida hududiy mutaxassislar uçun tört kunlik öquv-amaliy trening taşkil etildi.
Tadbir Yevropa Ittifoqining moliyaviy kömagida BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) tomonidan milliy hamkorlar bilan birgalikda amalga oşirilayotgan “Xavfli kimyoviy moddalarni samarali boşqariş uçun texnik kömaklaşiş” loyihasi doirasida ötkazilmoqda. Uşbu xalqaro taşabbusning amalga oşirilişi Özbekistonda qişloq xöjaligi kimyoviy moddalarini xalqaro standartlar asosida nazorat qiliş, xavfsizlik qoidalarini yanada takomillaştirişga qaratilgani bilan ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Treningda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasining Qoraqalpoğiston Respublikasi, 12 ta viloyat hamda Toşkent şahridagi hududiy boşqarmalaridan masʼul mutaxassislar iştirok etmoqda. Ular zamonaviy talablar asosida pestitsidlar xavfini baholaş, agronomiyada gender tengligi va yondaşuvlarini hisobga olgan holda zaharli kimyoviy moddalar bilan işlaşda xavfsizlik texnikasi qoidalarini özlaştiryapti.
Qayd etilganidek, qişloq xöjaligida mehnat qilayotgan ayollar va erkaklarning pestitsidlar taʼsiriga uçraş körsatkiçlari, şuningdek, ularning xavfsizlik böyiça xabardorlik darajasi turliça bölişi mumkin. Şu bois, trening dasturiga gender jihatlarning kiritilgani sohadagi mavjud yondaşuvlarni yanada takomillaştirib, har bir hududda aholi salomatligini himoya qilişda muhim preventiv çora bölib xizmat qiladi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA