Germaniyadan keltirilgan naslli çorva mollari aholiga ustamasiz narxlarda beriladi
Germaniyadan Navoiy viloyatiga olib kelingan “Simmental” zotli qoramollar aholiga ustamasiz narxlarda taqdim etiladi. Bu çorvaçilikda sifat va samaradorlikni oşirişga xizmat qiladi.
“Navoiy Agro – Star” ixtisoslaşgan kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatiga Germaniyaning “Förster Livestock” kompaniyasidan 163 boş “Simmental” zotli naslli qoramol olib kelindi.

Uşbu zot, mutaxassislarning tahlillariga köra, göşt-sut yönalişida mahsuldor, kasalliklarga çidamli va turli iqlim şaroitlariga moslaşuvçan hisoblanadi.
Eʼtiborli jihati, çorva mollarining har biri maʼlum muddatlar hisobida böğoz.
Mazkur qoramollar mamlakatimizga olib kelingaç, maxsus tayyorlangan karantin hududiga joylaştirildi. 1 oy mobaynida ular belgilangan tartibda zarur veterinariya köriklari va profilaktik tadbirlardan ötkaziladi.

Şuningdek, sentabr oyida Avstriyaning yana bir maşhur kompaniyasidan 150 boş “Simmental” zotiga mansub naslli qoramol mamlakatimizga olib kelinib, ulardan 93 boşi aholiga, qolgan qismi esa fermer xöjaliklariga ustamasiz narxlarda yetkazib berilgan.
Sanjar Toşpölatov, ÖzA