Özbekiston - Polşa: xalqaro yuk taşuvlari va tranzit imkoniyatlari kengaytiriladi
Özbekistonning xalqaro transport-logistika tizimidagi iştirokini kengaytiriş, Yevropa bozorlari bilan samarali taşuv yönalişlarini şakllantiriş va mamlakatning tranzit salohiyatini oşiriş borasida xalqaro hamkorlik muhim örin tutadi.
Ayniqsa, Yevropa temir yöl tizimiga integratsiyalaşuv, yangi şeriklik aloqalarini yölga qöyiş va yuk taşiş geografiyasini kengaytiriş bugungi kunning dolzarb yönalişlaridan hisoblanadi.
Ana şu maqsadlarga qaratilgan navbatdagi muzokaralar “Özbekiston temir yöllari” AJ boşqaruvi raisi Zufar Narzullayev va Polşa davlat temir yöllari boşqaruvi raisi Alan Berud boşçiligidagi delegatsiya örtasida bölib ötdi. Bu haqda jamiyat axborot xizmati xabar berdi.
Suhbat çoğida ikki mamlakat temir yöllari örtasidagi hamkorlikni amaliy jihatdan yangi mazmun bilan boyitiş, özaro yuk taşiş körsatkiçlarini oşiriş va xalqaro logistika zanjirlaridagi iştirokni faollaştirişga doir takliflar ilgari surildi.
Avvalo, tomonlar mavjud yuk oqimlarini köpaytiriş bilan bir qatorda, yangi taşuv yönalişlarini özlaştiriş masalasiga töxtaldi. Bunda raqobatbardoş tarif siyosatini şakllantiriş va muntazam konteyner poyezdlari harakatini taşkil etiş orqali taşuvçilar uçun qulay şaroitlar yaratiş muhim vazifa sifatida belgilandi.
Muzokaralarning yana bir muhim yönalişi Osiyo va Yevropa örtasidagi tranzit imkoniyatlarini kengaytirişga qaratildi. Xususan, Xitoydan Özbekiston orqali Yevropa tomon yönaltiriladigan yuklarning taşiş samaradorligini oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Şu örinda “Xitoy - Qirğiziston - Özbekiston” temir yöli qurilişi alohida ahamiyat kasb etişi taʼkidlandi. Uşbu loyihaning amalga oşirilişi mintaqaning xalqaro transport tizimidagi örnini mustahkamlaş, yangi tranzit yölaklarini oçiş va yuk yetkazib beriş jarayonlarini yanada tezlaştiriş uçun keng imkoniyatlar yaratişi kutilmoqda.
Uçraşuvning amaliy natijasi sifatida “Özbekiston temir yöllari” AJ va Polşa davlat temir yöllari örtasida hamkorlik töğrisida memorandum imzolandi.
Erişilgan kelişuvlar ikki davlat temir yöllari örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaş bilan birga, xalqaro yuk taşuvlari bozorida yangi hamkorlik yönalişlarini özlaştiriş, multimodal logistika xizmatlarini rivojlantiriş va Özbekistonning Yevropa bilan transport aloqalarini yanada kengaytirişga qaratilgan.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA