Mahsulotlarimiz jahon brendlari bilan raqobatlaşa oladi
Bugun Toşkent şahridagi "Özekspomarkaz" milliy körgazmalar majmuasida elektronika, elektrotexnika va innovatsion texnologiyalar sohasiga bağişlangan "E-TechExpo-2026" xalqaro körgazmasining ikkinçi kuni doirasida tadbirlar davom etmoqda.
Unda mahalliy va xorijiy kompaniyalar öz mahsulotlari, yangi işlanmalari hamda işlab çiqariş imkoniyatlarini namoyiş etmoqda.
Fursatdan foydalanib, körgazmada öz mahsulotlari va salohiyatini taqdim etayotgan kompaniyalardan birining ijroçi direktori Olimxon Anvarovga özimizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildik.
– Bugungi kunda qanday mahsulotlar işlab çiqaryapsmzlar, bu borada imkoniyatlar qanday?
–Kompaniyamiz taşkil etilganiga sakkiz yil böldi. Şu davr mobaynida işlab çiqariş va savdo faoliyatimizni izçil kengaytirib kelyapmiz. Bugungi kunda 700 dan ortiq modeldagi mahsulotlarimiz mavjud. Ularning har biri turli texnik xususiyat va jihozlaniş variantlariga ega. Korxonamizda 300 nafardan ziyod xodim mehnat qiladi, mamlakatimizning 12 ta hududida distribyutorlarimiz faoliyat yuritadi.
Mahsulotlarni özimiz işlab çiqaramiz. Buning uçun Kelesda 26 gektar maydonni egallagan zavodimiz mavjud. Bugungi kunda televizor, konditsioner, muzlatkiç, mikrotölqinli peç, çangyutgiç va boşqa maişiy texnika vositalarini işlab çiqaryapmiz.
– Kompaniya mahsulotlarini xorijiy bozorlarga olib çiqiş borasida qanday natijalarga erişilmoqda? Eksport geografiyasini kengaytiriş rejalari qanday?
–Hozirgi kunda Turkiya, Tojikiston, Afğoniston va Qozoğiston bilan hamkorlik qilyapmiz. Xususan, joriy yil oktabr oyida Afğonistonda ötkazilgan xalqaro körgazmada iştirok etib, mahsulot yetkazib beriş böyiça hamkorlar bilan yillik şartnomalar tuzdik. Bu mamlakat bozorida mahsulotlarimizga talab yuqori va hamkorlikni yanada kengaytiriş uçun imkoniyatlar yetarli.
Uşbu körgazmada iştirok etişdan ham maqsadimiz yangi hamkorlar topiş va eksport geografiyasini kengaytirişdir. Tadbir yakuniga qadar 10 dan ortiq şartnoma imzolaşni rejalaştirganmiz. Kelgusida boşqa davlatlar bozorlariga ham kirib boriş niyatimiz bor.
– Bugungi bozorda raqobat kuçayib borayotgan bir şaroitda mahsulotlaringizning sifat va narx jihatidan raqobatbardoşligini taʼminlaş uçun nimalarga eʼtibor qaratyapsizlar?
–Bugungi bozorning asosiy talabi sifatli va hamyonbop mahsulotdir. Biz işlab çiqariş jarayonida aynan şu ikki jihatga ustuvor ahamiyat qaratamiz. Maqsadimiz aholining turli qatlamlari uçun zamonaviy maişiy texnikalardan foydalaniş imkoniyatini yaratiş.
Masalan, konditsionerlarimiz Özbekiston iqlim şaroiti va elektr kuçlanişi bilan boğliq muammolarni hisobga olgan holda işlab çiqarilgan. Elektr kuçlanişi 110-120 voltgaça pasaygan holatda ham ular işlaşda davom etib, xonani sovuta oladi. Televizorlarimiz Full HD formatda bölib, zamonaviy veb-servislarda işlaş imkoniyatiga ega.
Mahsulotlarimiz jahonning maşhur brendlari bilan raqobatlaşa oladigan texnik imkoniyatlarga ega. Şu bilan birga, ularni ança hamyonbop narxlarda taklif qilyapmiz. Çunki isteʼmolçi sifatli mahsulotni xarid qiliş uçun ortiqça mablağ sarflamasligi kerak.
–Korxona faoliyatida tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş, aholi bandligini taʼminlaş va ijtimoiy masʼuliyat yönalişlariga ham alohida eʼtibor qaratilayotgani maʼlum. Bu borada qanday işlar amalga oşirilmoqda?
–Korxonamizda ijtimoiy masʼuliyat masalasiga ham alohida eʼtibor qaratamiz. Jumladan, kam taʼminlangan oilalar vakillaridan 60 nafardan ortiğini iş bilan taʼminlaganmiz. Bu orqali ularning bandligiga kömaklaşişga harakat qilyapmiz.
Şuningdek, ehtiyojmand oilalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida xayriya tadbirlarini ham ötkazib kelamiz. Joriy yil 28-oktabr kuni 12 ta xonadonni zarur maişiy texnika vositalari bilan taʼminladik. Bundan taşqari, yaqinda 300 ta xonadonga mikrotölqinli peçlar tarqatdik.
Bizningça, korxona faoliyati faqat mahsulot işlab çiqariş va savdo hajmini oşiriş bilan çeklanmasligi kerak. Aholi farovonligiga hissa qöşiş, yangi iş örinlari yaratiş va ehtiyojmand insonlarni qöllab-quvvatlaş ham tadbirkorlikning muhim vazifalaridan biridir.
ÖzA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva
suhbatlaşdi.