Moliyaviy xizmatlar reklamasiga qöyiladigan talablar kuçaytirildi
2026-yil 10-noyabr kuni «Reklama töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga qöşimçalar va özgartiriş kiritiş haqida»gi qonun imzolandi.
Mazkur Qonun aholining suğurta savodxonligini oşiriş, moliyaviy xizmatlar reklamasida isteʼmolçilarni ehtimoliy moliyaviy xatarlar haqida ogohlantiriş hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan.
Keyingi yillarda mamlakatimizda suğurta xizmatlari va kredit-moliya sohasida isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qiliş, aholi va tadbirkorlar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş borasida izçil islohotlar amalga oşirilmoqda.
Şu bilan birga, aholi va tadbirkorlarning suğurta sohasidagi savodxonligini oşiriş, suğurta xizmatlari töğrisida işonçli axborot beriş, şuningdek, kredit mahsulotlaridan foydalaniş bilan boğliq moliyaviy xatarlar haqida isteʼmolçilarni oldindan ogohlantiriş zarurati yuzaga kelmoqda.
Mazkur masalalarni inobatga olgan holda, Raqobat qömitasi Markaziy bank bilan hamkorlikda mavjud holat va xalqaro tajribani tahlil qilib, moliyaviy xizmatlar reklamasiga tegişli ogohlantirişlarni kiritiş böyiça takliflarni ilgari surdi.
Qonun bilan quyidagi muhim yangiliklar kiritildi: 5-moddaga muvofiq — suğurtaga oid savodxonlikni oşirişga qaratilgan axborot ijtimoiy axborot turi sifatida belgilandi. 20-moddaga muvofiq — tegişli sohalardagi vakolatli davlat organlari ham ijtimoiy axborot reklama beruvçilari sifatida belgilandi. 43-moddaga muvofiq — kredit, şu jumladan mikroqarz reklamalarida qarz majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xatarlarni keltirib çiqarişi mumkinligi haqidagi ogohlantiriş bölişi şartligi nazarda tutildi.
Eʼtiborli jihati, bunday ogohlantiriş reklama maydoni va efir vaqtining kamida 10 foizini taşkil etişi lozim. Mazkur Qonun suğurta xizmatlari töğrisida aholiga işonçli axborot yetkaziş, suğurta savodxonligi va uşbu xizmatlarga bölgan işonçni oşiriş, şuningdek, kredit mahsulotlaridan foydalanişda moliyaviy xatarlar haqida isteʼmolçilarni xabardor qiliş hamda masʼuliyatli qarz oliş madaniyatini şakllantirişga xizmat qiladi.
N.Rahmonova,
ÖzA