Endi kredit reklamalarida moliyaviy xatarlar haqida ogohlantiriş bölişi şart
Televizor, ijtimoiy tarmoqlar va köçalardagi katta-katta monitorlar orqali kredit hamda mikroqarz reklamalari haddan taşqari köp. Ular aksariyat odamlarga juda oson va tez beriladigan pulday tuyuladi. Oqibati çuqur öylanmay, daromad va haqiqiy ehtiyoj hisobga olinmasdan olingan mablağni keyinçalik qaytariş juda qiyin keçadi. Hayotda bunday murakkab vaziyatlarga tuşib qolganlar misoli ham talaygina.
Ana şunday muammolarning oldini oliş maqsadida 2026-yil 10-noyabrdagi ÖRQ–1187-son qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qöşimçalar va özgartiriş kiritildi.
Qonun bilan “Reklama töğrisida”gi qonunga kiritilgan qöşimçalarga köra, kredit, şu jumladan mikroqarz reklamasida bunday xizmatlar böyiça qarz majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xatarlarni yuzaga keltirişi mumkinligi töğrisida ogohlantiriş mavjud bölişi kerak.
Bunday ogohlantiriş reklamaning asosiy maydoni va vaqtining kamida 10 foizini taşkil etişi lozim.
ÖzA