Özbekiston delegatsiyasi Xitoydagi yirik sanoat majmuasida böldi
Xitoyga amaliy taşrif davomida energetika vaziri Şerzod Xöjayev boşçiligidagi delegatsiya "Shanghai Electric" kompaniyasining işlab çiqariş salohiyati bilan tanişdi.
Delegatsiya taşrif buyurgan Lingan sanoat maydoni atom elektr stansiyalari uçun muhim bölgan murakkab uskunalarni tayyorlaşga ixtisoslaşgan. Bu yerda yadroviy reaktor korpuslaridan tortib turbina orollari uçun möljallangan yirik qurilmalargaça bölgan mahsulotlar işlab çiqariladi.
Korxona faoliyati bilan tanişiş jarayonida atom energetikasida qöllaniladigan uskunalarni tayyorlaş texnologiyalari, işlab çiqariş jarayonlarining öziga xos jihatlari va sanoat imkoniyatlari körib çiqildi.
Ayniqsa, yuqori aniqlikdagi texnologik jarayonlar, mahsulotlarning belgilangan sifat talablariga muvofiqligini nazorat qiliş hamda xavfsizlik standartlariga rioya etiş amaliyoti delegatsiya eʼtiborida böldi.
Vazirlik axborot xizmatiga köra, mazkur taşrif atom energetikasi sohasida ilğor texnologiyalarni örganiş, işlab çiqariş salohiyatini baholaş hamda Özbekiston va Xitoy örtasidagi istiqbolli hamkorlik yönalişlarini belgilab olişda muhim qadam.
N.Ziyodullayeva,
ÖzA