Innovatsion ğoya va yangi texnologik yeçimlar
Toşkent şahridagi Inha universitetida joriy yil 21–22-noyabr kunlari moliyaviy texnologiyalar sohasidagi innovatsion ğoyalar va yangi texnologik yeçimlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan FinTech Hackathon 2026 xakatoni bölib ötdi.

Mazkur tadbir moliya va axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvçi iqtidorli talabalar, yoş dasturçilar, dizaynerlar hamda texnologik startaplar yaratişga intiluvçi yoş mutaxassislarni bir maydonda jamladi. Xakatonning asosiy maqsadi zamonaviy moliyaviy texnologiyalar sohasida innovatsion yeçimlarni işlab çiqiş, yoşlarning intellektual salohiyatini röyobga çiqariş va istiqbolli loyihalarni qöllab-quvvatlaşdan iborat böldi.


Ikki kun davomida iştirokçi jamoalar moliyaviy texnologiyalar sohasidagi mavjud muammolarga zamonaviy va samarali yeçimlar taklif etiş ustida iş olib bordilar. Ular öz ğoyalarini amaliy loyihalarga aylantiriş, dasturiy mahsulotlar yaratiş va innovatsion işlanmalarni takomillaştiriş imkoniyatiga ega böldilar.


Xakaton jarayonida iştirokçilar tajribali mentorlardan maslahatlar olib, öz loyihalarini rivojlantiriş böyiça qimmatli tavsiyalar va fikr-mulohazalar bilan tanişdilar. Şuningdek, jamoalar öz işlanmalarini ekspertlar hayʼati oldida taqdim etib, loyihalarining amaliy ahamiyati, innovatsion yondaşuvi va rivojlaniş salohiyatini namoyiş etdilar.

Tadbir yakuniga köra, eng yaxşi loyihalar mualliflari aniqlandi. Umumiy qiymati 50 million sömni taşkil etgan sovrin jamğarmasi doirasida ğolib jamoalar taqdirlandi. Birinçi örinni — Centrum, ikkinçi örinni — Tesseract, uçinçi örinni — Dominify jamoalari qölga kiritdi.
Taʼkidlaş joizki, FinTech Hackathon 2026 xakatoni Özbekiston Respublikasi Markaziy banki, Toşkent şahridagi Inha universiteti, Özbekiston Milliy banki hamda United Ventures hamkorligida taşkil etildi.
Mazkur xakaton yoşlarning bilim va amaliy könikmalarini sinovdan ötkaziş, yangi ğoyalar ustida işlaş, özaro tajriba almaşiş va sohaning yetakçi mutaxassislari bilan muloqot qilişlari uçun muhim platforma bölib xizmat qildi.
Şuningdek, 2026-yil 1-iyundagi PQ-210 sonli Prezident qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida “Özmilliybank” AJ tomonidan “Kelajak tadbirkori” dasturi “Talaba invest” kredit mahsuloti doirasida ikki nafar tadbirkor biznes loyihalariga 4 milliard söm imtiyozli resurs ajratilişi natijada universitetning 6 nafar bitiruvçi talabasining bandligi taʼminlandi.
Tadbir mamlakatimizda fintex ekotizimini rivojlantiriş, raqamli moliyaviy xizmatlar sohasiga yangi innovatsion ğoyalarni jalb etiş hamda iqtidorli yoşlarning istiqbolli loyihalarini qöllab-quvvatlaş yölidagi muhim taşabbuslardan biri böldi.
“Özmilliybank” AJ
Matbuot xizmati
Nosirjon Haydarov suratlari