Braziliya mobil internet tezligi böyiça Amerikani ortda qoldirdi
AQŞning “Ookla” kompaniyasi tomonidan tuzilgan “Speedtest Global Index” reytingiga köra, Birlaşgan Arab Amirliklari mobil internet tezligi böyiça jahonda yetakçi böldi. Mamlakatda maʼlumotlarni yuklab olişning median tezligi 681,1 Mbit/s. ni taşkil etadi.
2026-yilning 9 oylik tahlillari asosida şakllantirilgan reytingda ikkinçi örinni 526,4 Mbit/s. natija bilan Qatar, uçinçi örinni esa 410,8 Mbit/s. körsatkiç bilan Quvayt egalladi. Şu tariqa, jahon reytingidagi dastlabki uçta örin Fors körfazi mamlakatlariga nasib etdi.
Kuçli öntalikdan Germaniya, Braziliya, Janubiy Koreya, Bahrayn, Vetnam, Saudiya Arabistoni va Bolgariya ham joy oldi.
Reytingning eʼtiborga molik jihatlaridan biri — Braziliyaning yuqori natijasi böldi. Mamlakat 274,4 Mbit/s. tezlik bilan beşinçi örinni egallab, Janubiy Koreya va AQŞ kabi texnologik jihatdan rivojlangan davlatlardan yuqori körsatkiç qayd etdi. Bu muvaffaqiyat, mamlakatda asosan 5G tarmoqlarining keng joriy etilişi bilan izohlanadi.
Dunyoning boşqa yirik iqtisodiyotlari ham reytingda turliça natija körsatdi. AQŞ 190,6 Mbit/s. bilan 11-örindan joy olgan bölsa, Xitoy, Fransiya, Avstraliya, Yaponiya mobil internet tezligi körsatgiçi bilan kuçli öntalikni yakunlagan.
Umuman olganda, mobil internet tezligi mamlakatlarda 5G tarmoqlarining rivojlanişi, telekommunikatsiya infratuzilmasi, çastota resurslaridan samarali foydalaniş va bozordagi raqobatga bevosita boğliq. Bu omillar yuqori tezlikdagi internet qamrovini kengaytiriş va uni aholi uçun yanada qulay qilişda muhim örin tutadi.
Zuhra MIRZABOYEVA, ÖzA