Ziyolilarning taklif va taşabbuslari amaliy natijaga yönaltirildi
Millatning yuksalişi faqat iqtisodiy körsatkiçlar yoki bunyodkorlik işlari bilan belgilanmaydi. Bu, avvalo, jamiyatning tafakkuri, maʼnaviy qiyofasi, ilm-fanga munosabati va ziyolilarning faolligida namoyon böladi. Guliston şahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida «Yangi Özbekiston ziyolilari — milliy yuksaliş tayançi» şiori ostida ötkazilgan ikki kunlik anjuman ana şu haqiqatni yana bir bor kun tartibiga olib çiqdi.
Çin maʼnoda, bu galgi yiğin oddiy tadbir yoki navbatdagi muhokama maydoni bölib qolmadi. Unda millat taqdiri, yurt kelajagi, yoş avlod tarbiyasi, milliy qadriyatlar va jamiyat taraqqiyoti xususida qayğuradigan insonlar bir maqsad yölida jam böldi.
Anjumanda respublika vakillari, senatorlar, taniqli olimlar, davlat va jamoat arboblari, adabiyot va sanʼat namoyandalari, turli soha mutaxassislari hamda Sirdaryo viloyatining faol ziyolilari iştirok etişdi.
Ikki kun davomida hududning ilmiy-maʼrifiy salohiyatini yuksaltiriş, jamiyatni öylantirayotgan masalalarga yeçim topiş, milliy özlikni anglaş, maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş va ziyolilar taşabbuslarini amaliy natijalarga yönaltiriş masalalari muhokama qilindi. Turli yönalişlarda taşkil etilgan şöʼbalarda 600 dan ortiq taklif va taşabbus ilgari surildi.
Eʼtiborlisi, muhokamalar umumiy gaplar yoki balandparvoz fikrlar bilan çeklanmadi. Har bir soha vakili öz yönalişidagi mavjud muammolar, ularning sabablari va yeçimlari böyiça aniq takliflarini bildirdi.
— Ziyolilar kengaşini taşkil etişdan maqsad — mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarni keng jamoatçilikka yetkaziş, keçagi va bugungi kunni soliştiriş, mavjud masalalar yuzasidan fikr va takliflarni bir maydonda jamlaşdir. Ziyoli deganda faqat oliy maʼlumotli yoki diplomli kişilarni tuşunmasligimiz kerak. Har bir sohaning yetuk mutaxassisi, öz işining fidoyisi ham ziyolidir.
Bugun mamlakatimizda katta özgarişlar yuz bermoqda. Ularning mazmun-mohiyatini xalqqa yetkaziş, joylardagi muammolarni kötariş va yeçimlarini taklif qilişda ziyolilar kengaşi davlat va xalq örtasidagi muhim köprik vazifasini bajarişi kerak, — dedi Senatning Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi raisi Anvar Töyçiyev.
Darhaqiqat, kengaşning ahamiyati ham şunda: ziyolilar faqat kuzatuvçi yoki islohotlar haqida maʼlumot beruvçi emas, balki ularning mazmuni va natijasiga daxldor taşabbuskor kuç sifatida namoyon bölişi közda tutilmoqda. Eng muhimi, hududlardagi ziyolilarning öz sözi, taklifi va taşabbusini bildirişi uçun muloqot maydoni şakllanmoqda.
Anjumanning amaliy ahamiyati şundaki, har bir şöʼbada muayyan yönalişlar böyiça fikrlar umumlaştirilib, aniq takliflar ilgari surildi.
Xususan, milliy kontent yaratiş, özbek adabiyoti va milliy qahramonlarimizni zamonaviy texnologiyalar, jumladan, sunʼiy intellekt imkoniyatlari orqali yoşlarga yetkaziş, bolalar uçun mazmunli va milliy ruhdagi mahsulotlar tayyorlaş masalalari muhokama markazida böldi.
Bu bejiz emas. Bugun axborot makonida yoşlar ongi va dunyoqaraşi uçun turli ğoyalar raqobatlaşmoqda. Bunday şaroitda milliy adabiyotimiz, tariximiz va qadriyatlarimizni zamonaviy şakllarda taqdim etiş, bolalar va ösmirlar uçun sifatli milliy kontent yaratiş muhim vazifalardan biridir.
— Bugun mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarda ziyolilar qatlamining ham alohida örni bor. Kengaş faoliyati orqali har bir ziyolining öz fikri, taklifi va taşabbusini bildiriş imkoniyati kengaymoqda.
Biz iştirok etgan şöʼbada ham bir qator takliflar bildirildi. Jumladan, özbek adabiyoti qahramonlarini sunʼiy intellekt imkoniyatlari orqali yoşlarga vatanparvarlik ruhida tanitiş, milliy va bolalar kontentini rivojlantiriş masalalariga eʼtibor qaratdik. Bu borada alohida konsepsiya işlab çiqiş taklifini ilgari surdik. Zero, milliy qahramonlarimiz va adabiyotimiz zamonaviy tilda, yoşlar tuşunadigan şaklda taqdim etilsa, ularning milliy ğururi, vatanparvarlik tuyğusi va maʼnaviy dunyosi boyişiga xizmat qiladi, — dedi xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengaşi deputati Jamol Komilov.
[gallery-32490]
Anjumanning tarix va milliy xotira, huquqiy tafakkur, davlatçilik anʼanalari hamda madaniy meros masalalariga bağişlangan şöʼbasida ham bir qator amaliy takliflar örtaga taşlandi.
Ayniqsa, Sirdaryoning tarixiy qiyofasini tiklaş, uning boy ötmişi va madaniy merosini ilmiy asosda örganiş, tarixiy obʼektlarni sayyohlik yönalişlariga kiritişga qaratilgan taşabbuslar eʼtiborga molik böldi.
Jumladan, viloyatning tarixiy yodgorliklaridan biri bölgan Yoğoçli sardobani mutaxassislar iştirokida ilmiy örganiş, uning XVI asrdagi muhitini qayta tiklaş taklifi bildirildi. Şuningdek, qadimda Buyuk ipak yöli çorrahasida joylaşgan Sirdaryo hududidagi karvonsaroylar va karvonlar töxtaş manzillarini tadqiq etiş, ularni xorijiy sayyohlar marşrutlariga kiritiş masalasi ham kötarildi.
Bu taşabbuslar faqat tarixiy xotirani tiklaş bilan çeklanmaydi. Ular hududning sayyohlik salohiyatini oşiriş, yangi xizmat körsatiş yönalişlarini rivojlantiriş, qöşimça iş örinlari yaratiş va mahalliy aholi daromadlarini köpaytiriş uçun ham imkoniyat yaratişi mumkin.
— Sirdaryoda bölib ötgan anjumanning tarix va milliy xotira, huquqiy tafakkur, davlatçilik anʼanalari hamda madaniy meros şöʼbasida öndan ortiq taklif bildirildi. Ular orasida Yoğoçli sardobani ilmiy asosda örganiş va XVI asr muhitini qayta tiklaş, hududimizdagi qadimiy karvonsaroylar va tarixiy manzilgohlarni tadqiq etib, sayyohlik marşrutlariga kiritiş taşabbuslari bor.
Yana bir muhim masala — yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda mahalliy tarixiy materiallardan samarali foydalanişdir. Çunki yoşlar özlari tuğilib ösgan hudud tarixini, undan yetişib çiqqan buyuk insonlarni, ajdodlar merosini qançalik yaxşi bilsa, yurtiga daxldorlik hissi ham şunçalik mustahkamlanadi.
Umuman, bildirilgan takliflar ziyolilarni öylantirayotgan masalalar va ularning yeçimlarini qamrab oldi. Ularning amaliy ijrosi hudud taraqqiyotiga munosib hissa qöşişi mumkin, — dedi tarixçi olim, arxeolog Solijon Qudratov.
Anjumanda ilgari surilgan fikrlar bir haqiqatni yana bir bor namoyon etdi: mamlakat taraqqiyoti faqat davlat idoralari yoki muayyan soha vakillarining vazifasi emas. Bu jarayonda ilm-fan, taʼlim, madaniyat, adabiyot, sanʼat, tibbiyot va boşqa yönalişlarda faoliyat yuritayotgan ziyolilarning ham öz örni va masʼuliyati bor.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bölim boşliği Pardaxol Norqobilovaning fikriça, ziyolilar kengaşi ana şu kuç va salohiyatni birlaştiriş, mamlakat oldida turgan ustuvor vazifalarni amalga oşirişda ularning faol iştirokini taʼminlaşga xizmat qiladi.
— Mamlakatimizda sönggi yillarda amalga oşirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik işlari kölami nihoyatda keng. Endi erişilgan natijalar bilan birga, oldimizda turgan vazifalarni ham çuqur anglaşimiz, ularni amalga oşirişda har birimizning masʼuliyatimizni his qilişimiz zarur.
Ziyolilar kengaşining taşkil etilişi ham ana şu maqsadga xizmat qiladi. Bu yerda olimlar, şifokorlar, iqtisodçilar, maʼrifatparvarlar, siyosatçilar va turli soha fidoyilari birlaşib, mamlakat taraqqiyotiga daxldor masalalarni muhokama qilmoqda, takliflar işlab çiqmoqda.
Eng muhimi, ziyolilar xalq bilan davlat örtasidagi köprik bölişi, islohotlarning mazmun-mohiyatini odamlarga yetkazişi, jamiyatni öylantirayotgan masalalarni yuqori minbarlarga olib çiqişi kerak. Yoşlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va bugungi tinç hayotimizni qadrlaş ruhida tarbiyalaş ham zimmamizdagi muhim vazifadir.
Sirdaryolik ziyolilar bilan muloqotda ularning tafakkuri, dunyoqaraşi, taşabbuslari va hududni rivojlantirişga qaratilgan takliflariga guvoh böldik. Bu esa ularning faqat fikr bildiruvçi emas, balki takliflarni amalga oşirişda ham iştirok etişga tayyor ekanini körsatdi, — dedi Pardaxol Norqobilova.
Ikki kunlik anjuman davomida bildirilgan 600 dan ortiq taklif va taşabbus Sirdaryo ziyolilarining hudud va mamlakat kelajagiga daxldorligini namoyon etdi. Endilikda eng muhim vazifa — bu fikrlarni umumlaştiriş, ustuvor yönalişlarni belgilaş va ularning amaliy ijrosini taʼminlaşdir.
Bir söz bilan aytganda, ziyolilik faqat bilim va martaba bilan emas, balki xalq dardiga quloq tutiş, jamiyat muammolariga befarq bölmaslik va ularning yeçimi uçun masʼuliyatni zimmaga oliş bilan ham ölçanadi.
Milliy yuksaliş esa aynan şunday daxldorlik, birdamlik va amaliy harakatdan boşlanadi.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (surat) ÖzA