Toşkent va Moskva şahar boşqaruvi böyiça tajriba almaşdi
Toşkent şahar hokimligida Rossiya Federatsiyasi Moskva şahar Dumasi raisi Aleksey Şapoşnikov boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv bölib ötdi.
Bugungi kunda Özbekiston va Rossiya örtasidagi strategik şeriklik munosabatlari nafaqat davlatlararo, balki hududlar va yirik megapolislar darajasida ham izçil rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, ikki mamlakat poytaxtlari — Toşkent va Moskva örtasidagi köp qirrali aloqalar, şahar boşqaruvi va mahalliy vakillik organlari faoliyatida özaro tajriba almaşiş muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ana şunday amaliy muloqotlarning mantiqiy davomi sifatida taşkil etilgan uçraşuvda Toşkent va Moskva örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, mahalliy vakillik organlari faoliyati va özaro tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi.
Xususan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, deputatlik nazoratini kuçaytiriş, aholining dolzarb muammolarini örganiş va ularning yeçimiga kömaklaşiş masalalariga eʼtibor qaratildi.

Şuningdek, mehmonlar Toşkent şahar Kengaşi deputatlari va doimiy komissiyalar faoliyati bilan taniştirildi. Mahalliy boşqaruvda oçiqlikni taʼminlaş, jamoatçilik bilan muloqotni kengaytiriş va deputatlar faoliyati samaradorligini oşiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Qayd etilganidek, uçraşuv Toşkent va Moskva örtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytiriş, ikki poytaxtning mahalliy boşqaruv sohasidagi tajribasini örganiş va özaro aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA