Virtual makondagi radikal tarğibot foş etildi
Bugungi kunda turli yot ğoyalarning ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilişi, ayniqsa, yoşlarning ongi va dunyoqaraşiga salbiy taʼsir körsatmoqda.
Bunday ğoyalar taʼsiriga tuşgan şaxslar ekstremistik kuçlar safiga jalb etilişi, jamiyatdagi tinçlik va barqarorlikka raxna soluvçi harakatlarga qöşilib qolişi mumkin.
Şu bois internet tarmoğida tarqatilayotgan turli mazmundagi axborotlarga nisbatan huşyor va ogoh böliş, yoşlarni bunday xavflardan himoya qiliş muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususan, respublika miqyosida ötkazilayotgan “Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Içki işlar organlari xodimlari Qarşi şahrida yaşovçi, 2006-yilda tuğilgan fuqaro tomonidan “Telegram” messenjerida taşkil etilgan “virtual guruh” faoliyatiga çek qöyişdi.
Aniqlanişiça, mazkur şaxs dastlab ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik oqimlar yollovçilarining taʼsiriga tuşgan.
Söngra 1980 va 2007-yillar oraliğida tuğilgan 13 nafar aʼzodan iborat guruh tuzib, unda radikal ğoyalarni tarğib qilgan, şuningdek, “jihod” va “şahidlik”ka çorlovçi materiallarni tarqatgan.
Holat yuzasidan qonuniy çora köriş tadbirlari olib borilmoqda.