Yoş dzyudoçilarimiz aralaş jamoaviy bahslarda qatnaşmoqda
Poytaxtimizdagi “Olimpiya şaharçasi” sport majmuasida ötayotgan yoşlar örtasidagi jahon çempionatining törtinçi kungi bellaşuvlarida 16 ta davlat terma jamoasi aralaş jamoaviy musobaqada kuç sinaşadi.
Musobaqaga taşlangan qurʼa natijasiga köra, Özbekiston terma jamoasi 1/8 final bosqiçida Braziliya terma jamoasi bilan töqnaş keladi.
Uşbu juftlik ğolibi 1/4 finalda Germaniya – Qirğiziston terma jamoasi qarama-qarşiligida zafar quçgan jamoaga qarşi bahs olib boradi.
Aytiş lozimki, yoşlar örtasidagi aralaş jamoaviy jahon çempionati bellaşuvlarida Özbekiston terma jamoasi şarafini Izatbek Rözimatov, Muhriddin Maʼrufov, Saʼdulla Ravşanov, Fazliddin Rafiqov, Inomjon Bahodirov, Alibek Durdiyev, Mohinur Allaberganova, Rayhona Mamatova, Poşşooy Jumaboyeva, Durdona Tursunova, Marjona Köçimova, Yulianna Şubladze himoya qilişi röyxatda qayd etilgan bölib, har bir bellaşuvda aynan qaysi sportçilar tatamiga çiqişini murabbiylar ştabi hal qiladi.
T.Röziyev,
ÖzA