U-17 Jahon çempionati: ikkinçi tur oldidan guruhlardagi vaziyat qanday?
Qatar poytaxti Doha şahrida 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Jahon çempionatining guruh bosqiçida birinçi tur uçraşuvlari öz yakuniga yetdi.
Qayd etilgan natijalarga köra, «A» guruhida Jahon çempionati mezboni Qatar terma jamoasi ilk turda Panama termasini 2:0 hisobida mağlub etgan bölsa, Gretsiya esa Misrdan 2:1 hisobida ustun keldi. Şu tariqa Qatar va Gretsiya uç oçkodan jamğardi. Misr va Panama oçkosiz 3-4 örinda qoldi.
Mazkur gurhdagi ikkinçi tur uçraşuvlari bugun, 22-noyabr kuni bölib ötadi. Unda Gretsiya va Panama, Qatar hamda Misr ösmirlar terma jamoasi bahsiga guvoh bölamiz.

«V» guruhida Janubiy Koreya ösmirlar terma jamoasi 2:0 hisobida ugandalik tengqurlarini yengib, oçko bilan guruh yetakçisiga aylandi. Ekvador esa Yangi Kaledoniya ustidan 1:0 hisobida ğalaba qozondi va töplar nisbatiga köra, ikkinçi örindan joy oldi.
Bugun mazkur guruhda ikkinçi tur bahslari ötkazadi. Uşbu bosqiçda Janubiy Koreya - Yangi Kaledoniya, Ekvador - Uganda termalari maydonga tuşadi.

«S» guruhidan örin olgan Mozambik va Daniya terma jamoalari örtasidagi uçraşuv 4:0 hisobida öz yakuniga yetdi. Guruhning ikkinçi bahsida esa Avstraliya 2:0 hisobida Argentinadan ustun keldi. Şu tariqa, Mozambik va Avstraliya uç oçkodan jamğardi. Argentina va Daniya esa oçkosiz qoldi.
Ikkinçi turda Mozambik va Argentina, Daniya hamda Avstraliya ösmirlar terma jamoasi özaro raqobatlaşadi.

«D» guruhida kutilganidek Fransiya terma jamoasi Gaitini 3:1, Urugvay esa Saudiya Arabistonini 3:2 hisobida mağlub etdi. Har ikki jamoa uç oçkodan olgan bölsa-da, gollar nisbatiga köra birinçi, Urugvay ikkinçi örindan joy oldi. Saudiya Arabistoni va Gaiti esa dastlabki turni mağlubiyat bilan boşlagani bois quyi örinlandi band etdi.
Bugun ikkinçi tur doirasida «D» guruhida Saudiya Arabistoni — Fransiya va Urugvay — Gaiti uçraşuvlari ötkaziladi. Darvoqe, Urugvay hamda Gaiti terma jamoalari örtasidagi bahsni özbekistonlik hakamlar brigadasi boşqaradi. Hususan, uçraşuvda boş hakam sifatida Asker Najafaliyev işlaydi. Unga qanotlarda Baxtiyorxöja Şavkatov va Avazbek Abdullayev yordam berdi.

Endi esa özbek futbol ixlosmandlari uçun alohida ahamiyatga ega bölgan «Ye» guruhida qayd etilgan natijalar haqida töxtalib ötsak. Guruhda Italiyalik ösmirlar terma jamoasi Yamayka darvozasiga javobsiz 6 ta töp kiritgan bölsa, Kot-d’Ivuar vakillari Özbekistonni 2:1 hisobida mağlub etdi. Natijada, Italiya va Kot-d’Ivuar 3 oçkodan jamğardi. Töplar nisbatiga köra italiyaliklar guruh peşqadamiga aylandi. Özbekiston va Yamayka terma jamoalari esa oçkosiz qoldi.
Keyingi turda Özbekiston ösmirlar terma jamoasi Yamaykaga qarşi öyin ötkazsa, Italiya va Kot-d’Ivuar termalari guruh peşqadamligi uçun raqobatlaşadi.

«F» guruhida Tojikiston terma jamoasi Kubani 5:3 hisobida mağlub etib, musobaqani muvaffaqiyatli boşladi. Senegal va Xorvatiya örtasidagi uçraşuvda esa ğolib aniqlanmadi — 1:1. Şu tariqa, Tojikiston 3 oçko bilan birinçi örinni egallagan bölsa, Senegal va Xorvatiya bir oçkodan jamğardi. Kuba esa oçkosiz qoldi.
Endi Tojikiston ikkinçi öyinni Xorvatiyaga qarşi ötkazadi. Senegal bu turda Kuba bilan kuç sinaşadi.

«G» guruhida ilk tur uçraşuvlari gollarga boy böldi. Jumladan, Mali 3:0 hisobida Yangi Zelandiyani yenggan bölsa, Belgiya 3:2 hisobida Vetnam ustidan ğalaba qozondi. Uşbu uçraşuvlarda ğolib bölgan jamoalar orasida töplar nisbatiga köra Mali birinçi, Belgiya ikkinçi örinni egalladi. Vetnam uçinçi, Yangi Zelandiya törtinçi poğonada bormoqda. Ikkinçi turda guruh peşqadamlari va autsayderlari özaro töqnaş keladi.
«H» guruhida Marokaş terma jamoasi Fijini 6:0, ispaniyalik futbolçilar 5:0 hisobida Xitoyni mağlub etdi. Natijada Marokaş töplar nisbatiga köra guruhda birinçi, Ispaniya ikkinçi örinni egalladi. Xitoy va Fiji esa oçkosiz qoldi. Endi ikkinçi turda Ispaniya va Fiji, Marokaş hamda Xitoy termalari örtasidagi öyinlarga guvoh bölamiz.
Darvoqe, uşbu yuqoridagi törtta guruhning ikkinçi tur öyinlari ertaga 23-noyabr kuni taşkil etiladi.

«I» guruhida Braziliya ösmirlari Irlandiya ustidan 2:1 hisobida ğalaba qozonib, musobaqani muvaffaqiyatli boşladi. Tanzaniya va Kosta-Rika terma jamoalari örtasidagi bahs esa 2:2 hisobida yakunlandi. Natijada Braziliya uç oçko bilan guruh peşqadamiga aylandi. Tanzaniya va Kosta-Rika bir oçkodan jamğargan bölsa, Irlandiya oçkosiz qoldi. Guruhda ikkinçi tur öyinlari 24-noyabr kuni bölib ötadi. Unda Braziliya va Tanzaniya, Kosta-Rika hamda Irlandiya jamoalari raqobatlaşadi.

«J» guruhida Çili terma jamoasi Jazoirni 4:2 hisobida mağlub etib, birinçi turning eng sermahsul ğalabalaridan birini qayd etdi. Dominikan Respublikasi va Çernogoriya örtasidagi uçraşuvda esa kuçlar teng keldi — 1:1. Şu tariqa, Çili uç oçko bilan guruhda peşqadamlik qilmoqda.
Endi uşbu guruhdagi ikkinçi tur öyinlari ikki kundan söng bölib ötadi. Mazkur bosqiçda Çernogoriya va Jazoir, Çili hamda Dominikan Respublikasi terma jamoalari kuç sinaşadi.

«K» guruhida Venesuela Kamerunni 2:1, Meksika esa Ruminiyani 1:0 hisobida mağlub etdi. Har ikki jamoa ham uç oçkodan jamğargan bölsa-da, gollar nisbati Venesuelani birinçi öringa olib çiqdi. Kamerun va Ruminiya esa keyingi turlarda oçkolar uçun kuraşni davom ettiradi. Guruhdagi ikkinçi turda Venesuela — Ruminiya, Kamerun — Meksika jamoalari özaro kuç sinaşadi.
«L» guruhida Serbiya 2:0 hisobida Gonduras ustidan zafar quçgan bölsa, Kolumbiya 2:1 hisobida Yaponiyani doğda qoldirdi. Qayd etilgan natijalardan söng Serbiya töplar nisbatiga köra guruhda birinçi, Kolumbiya esa ikkinçi örinni egallab turibdi. Mağlub jamoalar mos ravişda 3-4 örinda qolgan.
Ikkinçi turni Serbiya ösmirlar terma jamoasi yaponiyalik raqiblariga qarşi ötkazsa, Gonduras va Kolumbiya bilan kuç sinaşadi.
Darvoqe, uşbu törtta guruhdagi 2-tur uçraşuvlari ham 24-noyabr kuni bölib ötadi.


Javohir Toşxöjayev, ÖzA