Dzyudoçilarimiz jahon çempionatini kuçli beşlikda yakunladi
Poytaxtimizdagi «Olimpiya şaharçasi» uç kun davomida dzyudo böyiça yoşlar örtasidagi jahon çempionatiga mezbonlik qildi. Dunyoning 78 davlatidan qariyb 600 nafar sportçi iştirok etgan nufuzli musobaqada Özbekiston terma jamoasi uçta medal bilan umumjamoa hisobida beşinçi örinni egalladi.
Mamlakatimiz dzyudoçilari hisobida 1 ta oltin, 1 ta kumuş va 1 ta bronza medali bor. Xususan, Muhammadjon Maşaripov (-60 kg) barça raqiblaridan ustun kelib, jahon çempioniga aylandi. Saʼdulla Ravşanov (-81 kg) final bahsidagi iştiroki bilan kumuş medalga sazovor bölgan bölsa, Fazliddin Rafiqov (+100 kg) şohsupaning uçinçi poğonasidan joy oldi.
Umumjamoa hisobida Rossiya Federatsiyasi 4 ta oltin, 2 ta kumuş va 4 ta bronza medali bilan birinçi örinni egalladi. Turkiya terma jamoasi 2 ta oltin va 1 ta kumuş medal jamğarib ikkinçi, Fransiya vakillari 2 ta oltin va 1 ta bronza medali evaziga uçinçi böldi. Dzyudo vatani Yaponiya esa 1 ta oltin, 2 ta kumuş va 5 ta bronza medali töplab törtinçi örinda qoldi.
Şu tariqa, öz muxlislari qarşisida bellaşgan Özbekiston yoşlar terma jamoasi jahon çempionatini kuçli beşlikda yakunladi. Uçta medal bilan qayd etilgan uşbu natija yoş dzyudoçilarimizning xalqaro maydondagi raqobatbardoşligini yana bir bor namoyon etdi.
Javohir Toşxöjayev, ÖzA