“Yaşil makon” ning kuzgi mavsumi boşlandi
Mazkur eʼtiborga moliy loyihaning kuzgi mavsumiga Namangan viloyatining barça şahar va tumanlarda bir vaqtda start berildi.
Mamlakatimizda ekologik barqarorlikni taʼminlaş, yaşil hududlarni kengaytiriş va atrof-muhit musaffoligini asraşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, bu borada Prezidentimiz taşabbusi bilan asos solingan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi muhim ahamiyat kasb etyapti.

Davlatobod tumanidagi “Yangi Özbekiston” boğida bölib ötgan kuzgi köçat ekişga bağişlangan tadbirda davlat va jamoat taşkilotlari rahbarlari, ekologiya fidoyilari, nuroniylar, faol yoşlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi.

Tadbir avvalida Namangan viloyati hokimi, senator Şavkat Abdurazzoqov ekologik muhitni yaxşilaş, daraxtzorlar maydonini kengaytiriş va har bir köçatning yaşovçanligini taʼminlaş neçoğlik dolzarb ekanligini qayd etdi.


Eʼtiborlisi, tadbirda “Zoom” platformasi orqali viloyatning barça şahar va tumanlari ham onlayn qatnaşdi. Hududlarda köçat ekiş işlariga bir paytning özida kirişildi.


– Viloyatimizda 2017-2025-yillar davomida 75 million tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt hamda buta köçatlari ekildi, – dedi Namangan viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi (Ekopolitsiya) axborot xizmati rahbari Orifjon Jörayev. – Alohida aytiş darkor, davlatimiz rahbarining 2026-yil 23-sentabrdagi tegişli farmoni ijrosi doirasida 2030-yilga qadar viloyatimizda 70 ta yaşil boğ va jamoat parki taşkil qiliş, soyali sayr köçalarini barpo etiş vazifalari belgilab olingan.


Tadbir davomida viloyat hokimi tomonidan Pop, Çust va Norin tumanlariga jami 10 ta yangi, zamonaviy maxsus çiqindi taşiş maşinasi topşirildi. Mazkur texnikalar öz navbatida hududlarda tozalik va obodonlaştiriş işlarini yanada yaxşilaşga xizmat qiladi.
Oqilxon Dadaboyev,
Hotam Mamadaliyev (surat), ÖzA