Inson salomatligi posboni bölişga qasam içişdi
Inson salomatligi va hayotini asraşdek şarafli masʼuliyatni zimmaga oliş yuksak bilim, fidoyilik va sadoqatni talab etadi. Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Guliston davlat universitetida ötkazilgan tadbirda birinçi bosqiç talabalari tibbiyot kasbiga kiriş qasamyodini qabul qilib, kelgusida insonlar dardiga malham böliş va xalq salomatligi yölida sidqidildan xizmat qilişga bölgan sadoqatlarini namoyon etişdi.
Unda universitet rahbariyati, viloyat hokimligi va soğliqni saqlaş tizimi vakillari, professor-öqituvçilar, tibbiyot xodimlari, talabalar hamda ularning ota-onalari iştirok etişdi.

Universitet Tibbiyot fakultetining «Davolaş işi» va «Pediatriya işi» taʼlim yönalişlarida tahsil olayotgan birinçi bosqiç talabalari uçun uşbu marosim alohida ahamiyat kasb etdi. Zero, qasamyod ular uçun şunçaki tantanali marosim emas, balki tanlagan kasbining mohiyatini anglaş, inson hayoti oldidagi masʼuliyatni his etiş va kelgusida şifokorlik burçiga sodiq qolişga berilgan vaʼdadir.
Tadbirda universitet rektori Muxsin Xodjiyev, Sirdaryo viloyati hokimining örinbosari Otabek Mavlonberdiyev hamda viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Vohid Xudoyqulov sözga çiqib, bölajak şifokorlarni hayotlaridagi muhim voqea bilan tabrikladilar. Notiqlar şifokorlik nafaqat çuqur bilim va yuksak malaka, balki mehr-oqibat, sabr-toqat, halollik va ulkan masʼuliyatni talab etadigan şarafli kasb ekanini taʼkidladilar. Yoşlarga öqiş va izlanişdan töxtamaslik, zamonaviy tibbiyot yutuqlarini puxta egallaş hamda kelgusida xalq salomatligi yölida sidqidildan xizmat qiliş istagini bildirişdi.

— Tibbiyot fakultetining birinçi bosqiç talabalari uçun taşkil etilgan qasamyod marosimi şunçaki tantanali tadbir emas. Bu, avvalo, şifokorlik kasbini tanlagan har bir yoşning zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklaydigan, ularni tanlagan yölining mohiyati va ahamiyatini çuqur anglaşga undaydigan muhim maʼnaviy voqeadir.
Şifokor böliş uçun faqat nazariy bilim va amaliy könikmalarning özi yetarli emas. Bu kasb egasidan yuksak insoniy fazilatlar, bemor dardini his qiliş, mehr-oqibat, sabr-toqat va, eng muhimi, inson hayotiga daxldor har bir qaror uçun javobgarlikni his etiş talab qilinadi. Bugun qasamyod qabul qilgan talabalarimiz ana şu şarafli va masʼuliyatli yölni tanlaganlarini yana bir bor qalban angladilar.
Bizning vazifamiz ularga nafaqat zamonaviy tibbiy bilim va amaliy könikmalarni beriş, balki kasbiy etika, insonparvarlik va şifokorlik burçiga sadoqat ruhida tarbiyalaşdan ham iborat. Işonamanki, bugungi qasamyod yoşlar uçun butun kasbiy faoliyati davomida amal qiladigan hayotiy mezonga aylanadi. Ular kelajakda xalqimiz salomatligi yölida sidqidildan xizmat qiladigan yetuk mutaxassislar bölib yetişadilar, — dedi tibbiyot fakulteti dekani, tibbiyot fanlari nomzodi Farhod Şernazarov.

Bayram munosabati bilan öz kasbiga sadoqat va fidoyilik bilan yondaşib kelayotgan şifokor-pedagoglar, şuningdek, iqtidorli talabalarning taʼlim-tarbiyasiga munosib hissa qöşayotgan ota-onalar universitet rektori tomonidan taqdirlanişdi.
Tadbirning badiiy qismida Tibbiyot fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan kuy-qöşiqlar, raqslar va sahna körinişlari namoyiş etildi. Ijodiy çiqişlar iştirokçilarga kötarinki kayfiyat bağişlab, bayram şukuhini yanada oşirdi.

Marosimning eng hayajonli lahzalarida birinçi bosqiç talabalari tantanali ravişda tibbiyot kasbiga kiriş qasamyodini qabul qilişdi. Uşbu qasamyod orqali ular inson hayotini asraş, bemorlarga mehr va eʼtibor körsatiş, kasbiy burçlarini vijdonan bajariş hamda şifokorlik kasbi şaʼnini doimo yuksak tutişga söz berdilar.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri