Aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlaş tizimi nazoratdan ötkazildi
Buxoro viloyatida 165 ming nafardan ortiq isteʼmolçi suyultirilgan gazdan foydalanadi. Ularni uzluksiz va sifatli gaz bilan taʼminlaş, yetkazib beriş jarayonida yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolarning oldini oliş hamda tizimda intizom va xavfsizlikni mustahkamlaş dolzarb vazifalardan biridir.
Şu maqsadda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Qöriqlaş departamenti boşliği, polkovnik Qobil Şodibekov, Buxoro viloyati içki işlar boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari rahbarligidagi işçi guruh hamda “LPG-Trade” masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari Jamşid Muhammedovlar “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filialida bölişib, sohadagi mavjud holat va amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişişdi.
Taʼkidlaş joizki, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan joriy yil sentabr oyida aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlaş tizimini isloh qiliş va bozor mexanizmlarini bosqiçma-bosqiç joriy etiş töğrisidagi qaror qabul qilindi. Mazkur hujjatdan közlangan asosiy maqsad — aholini suyultirilgan gaz bilan barqaror taʼminlaş, mavjud resurslardan oqilona va samarali foydalaniş, sohaga xususiy sektor va investitsiyalarni keng jalb etiş, şuningdek, ijtimoiy qöllab-quvvatlaşning manzilli mexanizmlariga ötişdan iborat.

Uşbu islohotlar doirasida “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati huzurida “LPG-Trade” kompaniyasining taşkil etilgani ham tizimda yangi boşqaruv va xizmat körsatiş mexanizmlarini şakllantirişga qaratilgan muhim qadamdir.
Işçi guruh tomonidan dastlab suyultirilgan gaz taʼminotini boşqarişga möljallangan elektron dastur imkoniyatlari, uning iş jarayonidagi qulayliklari va samaradorligi örganildi. Şuningdek, Kogon tumanidagi “Baxtli Şerzod” MÇJga qaraşli gaz töldiriş stansiyasi hamda Romitan tumanidagi gaz töldiriş şoxobçalari faoliyati joyiga çiqqan holda közdan keçirildi.

Örganişlar davomida obʼektlarda qöriqlaş tizimini yanada kuçaytiriş, moddiy boyliklarning talon-toroj qilinişiga yöl qöymaslik, gaz ballonlarini isteʼmolçilarga öz vaqtida yetkazib beriş, taʼminotda uzilişlarning oldini oliş va fuqarolar murojaatlarini tezkor hal etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Bu borada masʼullarga aniq vazifalar yuklatilib, iş samaradorligini oşiriş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.
Zero, gaz taʼminotidagi islohotlarning haqiqiy natijasi, avvalo, ularning aholi kundalik hayotida qançalik sezilişi bilan ölçanadi. Binobarin, har bir isteʼmolçiga gaz ballonining öz vaqtida va uzluksiz yetkazib berilişi, xizmat körsatişda şaffoflik va masʼuliyatning taʼminlanişi tizim oldidagi eng muhim vazifadir. Amaliy örganişlar ham ana şu maqsadlarga xizmat qiladi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri