Yangi Özbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qöşayotgan olima va talaba qizlar
Mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, ayniqsa, xotin-qizlarning jamiyatdagi örni va nufuzini oşiriş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga qaratilgan keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Bugungi kunda Andijon davlat pedagogika institutida faoliyat olib borayotgan professor-öqituvçilarning, tahsil olayotgan talaba va magistrlarning köpçiligini xotin-qizlar taşkil etadi. Ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, intellektual salohiyati, iqtidorini tölaqonli yuzaga çiqariş, ayniqsa, har bir talaba-qizga individual yondaşiş hamda zarur hollarda manzilli yordam körsatiş institut rektorati, Xotin-qizlar maslahat kengaşi faoliyatning asosiy mezoniga aylangan.
Institut rektori, professor Baxtiyorjon Rasulov rahbarligida xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning taʼlim olişi, ilmiy salohiyatini röyobga çiqarişi va jamiyat hayotida faol iştirok etişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratib berilgan.
– Institutda iş yuritayotgan professor-öqituvçi ayollar, şuningdek, talaba-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, jamiyatda munosib örin egallaşiga kömaklaşiş, gender tengligini taʼminlaş, ularning taşabbus va takliflarini qöllab-quvvatlaş eng asosiy vazifamiz, – deydi institutning xotin-qizlar masalalari böyiça rektor maslahatçisi Gulandon Ğaniyeva. – Bu borada institut Xotin-qizlar maslahat kengaşi, mutasaddilar, faol va yetakçi opa-singillar samarali iş olib bormoqda. Jumladan, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlaş, ularning muammolariga öz vaqtida yeçim topiş, murojaatçilarga huquqiy va psixologik yordam körsatiş, tazyiq va zöravonlikning oldini oliş, eng asosiysi, ularning çuqur bilimli, malakali mutaxassis bölib yetişişiga kömaklaşiş, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning muammolarini örganiş va manzilli yordam körsatişga alohida eʼtibor qaratilgan.


Hozirda institutda 1 ming 362 nafar oilali, 724 nafar farzandli, 121 nafar nogironligi bölgan hamda 61 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba tahsil oladi. Şuningdek, 64 nafar, jumladan, 33 nafar çin yetim, 31 nafar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvçisi bölgan talaba alohida eʼtiborga olingan. Ularning taʼlim olişi, ijtimoiy moslaşuvi va kundalik hayotida duç kelişi mumkin bölgan qiyinçiliklarni bartaraf etiş böyiça zarur barça işlar olib borilmoqda.
Institut talaba-qizlarining ilm-fan, taʼlim va ijtimoiy hayotdagi yutuqlari alohida eʼtirofga loyiq. Bilimi, taşabbuskorligi va jamoat işlaridagi faolligi bilan tengdoşlariga namuna bölayotgan qizlar safi yildan-yilga ortib bormoqda. Bugun ularning safida önlab nomdor stipendiyalar sovrindorlari, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari ham bor.
Joriy yilda institutning ikki nafar vakilasi - 1-bosqiç magistranti Muslima Abduqahhorova hamda musiqiy taʼlim va sanʼat yönalişi 1-bosqiç talabasi Mohlaroy Umurzoqova Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori bölganligi alohida eʼtirofga munosib.
– Bugun yurtimizda biz yoşlar uçun keng imkoniyatlar eşigi oçilgan, – deydi Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi, institut musiqiy taʼlim va sanʼat yönalişi talabasi Mohlaroy Umrzoqova. – Ana şu imkoniyatlardan unumli foydalangan minglab tengdoşlarim, dugonalarim turli yönalişlarda yuksak natijalarga erişmoqda. Men ham yurtimizdagi har bir qiz iştirok etişni, ğolib bölişni orzu qiladigan Zulfiya nomidagi davlat mukofot tanlovining sanʼat yönalişida ğoliblar qatoridan örin oldim. Bu yutuqlar yurtimizda, qolaversa, institutimizda yoşlarga yaratib berilgan keng imkoniyatlar mevasidir. Ana şu imkoniyatlar, yoşlar kamolotiga eʼtibor uçun eng avvalo, Prezidentimizga rahmat aytaman. Kelgusida yurtboşimizning eʼtibor va işonçiga munosib bölişga söz beraman.


Institut talaba-qizlari sport sohasida ham munosib natijalarga erişib kelmoqda. Ayniqsa, institut ayollar voleybol jamoasi hamda yengil atletikaçi talaba Dilşoda Usmonova yuqori natijalarni qölga kiritdi.
Talaba-qizlarning xavfsiz, qulay va munosib şaroitlarda tahsil olişi hamda yaşaşi institut rahbariyatining doimiy eʼtiborida. Jumladan, ijarada yaşovçi 578 nafar va yaqin qarindoşlari xonadonida istiqomat qiluvçi 175 nafar talaba-qizning yaşaş şaroitlari fakultet dekan maslahatçilari va tyutorlar tomonidan tizimli ravişda örganib borilmoqda.
– Institut masʼullari tomonidan 60 dan ortiq ijara xonadonlari örganilib, ulardagi xavfsizlik, sanitariya-gigiyena holati hamda zarur maişiy şaroitlarning mavjudligi nazoratga olingan, – deydi Gulandon Ğaniyeva. – Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bölgan talabalarning talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlarida yaşaşi uçun şaroit yaratiş, ularning kundalik ehtiyojlarini örganiş va zarur kömak körsatişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Talaba yoşlarning huquqiy savodxonligini oşiriş, ularni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş hamda faol fuqarolik pozitsiyasini şakllantiriş maqsadida institutda huquqiy tarğibot tadbirlari, muloqot, seminar va profilaktik uçraşuvlar doimiy ravişda ötkazib boriladi.


«Huquqiy bilimdonlik» tadbirlari doirasida talaba-qizlarning huquqiy bilim va savodxonligi boyitib borilmoqda. Bundan taşqari, xotin-qizlar inspektori tomonidan huquqbuzarlikning oldini oliş, turli nizoli vaziyatlarni barvaqt aniqlaş va profilaktik çoralarni amalga oşiriş böyiça ham zarur işlar olib borilmoqda.
Talaba-qizlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ularning qobiliyatlarini rivojlantiriş, kasb-hunar va liderlik könikmalarini şakllantiriş maqsadida institutda turli yönalişlarda klub va tögaraklar faoliyati yölga qöyilgan.
«Qizlarjon», «Lider qizlar» klublari taşabbuskorligini oşiriş, jamoada işlaş, yetakçilik qobiliyatini rivojlantiriş va ijtimoiy loyihalarda faol qatnaşişiga kömaklaşmoqda. «Art-dizayn va texnologiya», «Mohir qöllar», «Nafosatli bekajon» tögaraklari esa ularning ijodiy qobiliyatlarini yuzaga çiqariş, amaliy könikmalarini rivojlantiriş va kasbiy tayyorgarligini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Ilmiy izlanişlar olib borayotgan talaba-qizlar uçun, taşkil etilayotgan «Academic Writing» maşğulotlari akademik yozuv, ilmiy fikrni izçil bayon qiliş va tadqiqot natijalarini xalqaro ilmiy talablarga muvofiq ifodalaş könikmalarini rivojlantirişga yordam bermoqda.

Bir söz bilan aytganda, Andijon davlat pedagogika instituti talaba-qizlari, olima ayollari ilm-fan, taʼlim, sport, maʼnaviyat va jamoat hayotida faol iştiroki, qolaversa, erişayotgan yutuqlari, yuqori natijalari bilan yurtimiz rivoji, Yangi Özbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qöşmoqda.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri