Toşkentda Taras Şevçenko çasidagi özgarişlar yuzasidan muhokamalar bölib ötdi
Şahar muhiti — bu insonlarning kundalik hayoti ötadigan, yangi odatlar şakllanadigan, uçraşuvlar va hordiq çiqariş maskanlari paydo böladigan hududdir. Şu bois şahar qiyofasiga kiritiladigan har qanday özgariş nafaqat meʼmoriy ğoyalarga, balki aholi bilan muloqotga asoslanişi lozim.
Poytaxtimizda Taras Şevçenko köçasining Turkiston köçasidan Nukus köçasigaça bölgan qismini özgartiriş loyihasi yuzasidan muhokamalar bölib ötdi. Uşbu hududni aholi va sayyohlarni jalb etadigan gastronomik yönalişdagi zamonaviy dam oliş maskaniga aylantiriş taklif qilinmoqda.
Taqdim etilgan konsepsiyaga köra, loyiha 6 500 kvadrat metr maydonni egallaydi. Bu yerda keng kölamli obodonlaştiriş işlarini amalga oşiriş, kökalamzor maydonlarni kengaytiriş, dam oliş zonalarini barpo etiş va şahar infratuzilmasini yaxşilaş rejalaştirilgan. Asosiy eʼtibor uşbu hududni piyodalar uçun qulay va xavfsiz makonga aylantirişga qaratilgan.
Tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan taşabbus davlat-xususiy şeriklik asosida amalga oşirilişi közda tutilmoqda. Loyiha muhokamasida sobiq «Toşkent gerbi» yodgorligi örnida balandligi 65 metr bölgan Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğini örnatiş taklifi ham bildirildi.
Asosiy eʼtibor faqat meʼmoriy yeçimlar yoki kökalamzorlaştirişga emas, balki şahar qiyofasini özgartiradigan qarorlarni qabul qiliş tartibiga qaratilmoqda.
Taras Şevçenko köçasining yangi qiyofasini röyobga çiqariş loyihasi ana şunday yondaşuvni namoyiş etmoqda. Poytaxtda aholi manfaatlariga daxldor taşabbuslarni amalga oşirişdan avval jamoatçilik muhokamasini ötkaziş tamoyili şakllanmoqda. Bu fuqarolarga rejalar bilan ilk bosqiçdanoq tanişiş, öz fikr va takliflarini bildiriş imkonini beradi.
Jamoatçilik eşituvlarining özi aholi bilan töliq va samarali muloqotni kafolatlamaydi. Haqiqiy oşkoralik fuqarolar fikri çuqur örganilib, loyihada aks ettirilganda namoyon böladi. Sababi qaysi hududga piyodalar yölagi kerakligi, qayerni kökalamzorlaştiriş zarurligi va mavjud infratuzilmaning qulayligi aynan hudud aholisiga yaxşiroq ayondir.
Fuqarolar manfaatlari va şahar muhitiga taʼsir körsatadigan taşabbuslar böyiça jamoatçilik eşituvlari Toşkent şahri hokimi Şavkat Umurzoqov nazorati ostida ötkazilmoqda. Taras Şevçenko köçasining kelajagi esa şaharning aholisi bilan yaqin muloqot asosida rivojlanişga tayyorligini namoyon etadi.
Poytaxt qiyofasi tobora özgarmoqda, yangi jamoat maskanlari paydo bölib, infratuzilmani rivojlantiriş masalalari böyiça yondaşuvlar yangilanmoqda. Mazkur özgarişlarning boş mezoni yangi obʼektlar sonida emas, balki aholi turmuş darajasining qay darajada qulaylaşayotganida namoyon böladi
Roman BONDARÇUK, ÖzA