Masʼullarga tegişli körsatma va tavsiyalar berildi
Bugungi kunda mamlakatimizda taʼlim tizimini tubdan takomillaştiriş, yoş avlodga zamonaviy bilim beriş, ularning intellektual va kasbiy salohiyatini rivojlantiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Prezidentimiz taşabbusi bilan taʼlimning barça bosqiçlarida yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, joriy etilayotgan zamonaviy yondaşuvlar esa bu boradagi islohotlarning amaliy ifodasidir.
Ayniqsa, maktab yoşidagi bolalarda kasb-hunarga qiziqiş uyğotiş, maktabgaça taʼlim davridan boşlab ularning intellektual qobiliyatlari va dunyoqaraşini kengaytiriş bugungi taʼlim tizimi oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi.
Şu jihatdan, Taʼlim va ilm-fan vaziri örinbosari Mehriniso Pardayevaning Buxoro viloyatiga taşrifi davomida taʼlim muassasalaridagi mavjud şaroitlar, öquv-tarbiya jarayonlari va taʼlim sifatini oşiriş borasidagi işlar bilan tanişuvi alohida ahamiyat kasb etdi.
Dastlab vazir örinbosari Buxoro şahridagi 29-umumtaʼlim maktabida bölib, bu yerda öquvçilarning qiziqiş va qobiliyatlarini rivojlantiriş, ularni mustaqil hayotga tayyorlaş hamda kasb tanlaşga yönaltiriş borasida yölga qöyilgan işlar bilan tanişdi.
Maktabda taşkil etilgan IT, yigit-qizlar sartaroşligi, elektrotexnika, tikuvçilik va zarduzlik, patdözlik hamda pazandaçilik yönalişlaridagi öquv-amaliyot xonalari eʼtiborni tortdi. Uşbu xonalar öquvçilarning nazariy bilimlarini amaliy maşğulotlar bilan mustahkamlaş, muayyan kasbga bölgan qiziqişini şakllantiriş va mehnat bozorida talab yuqori bölgan yönalişlar böyiça dastlabki könikmalarni egallaşiga xizmat qilmoqda.

Zero, zamonaviy maktab nafaqat bilim beradigan, balki bolaning iqtidorini kaşf etadigan, uning kelajakdagi kasbiy yölini belgilaşga kömaklaşadigan maskan bölişi lozim. Şu maʼnoda, umumtaʼlim maktablarida amaliy kasbga yönaltiriş imkoniyatlarining kengayişi taʼlim va mehnat bozori örtasidagi uzviylikni taʼminlaşda muhim qadamdir.
Taşrif davomida maktabda joriy etilgan elektron davomat tizimining işlaş tartibi va imkoniyatlari ham namoyiş etildi. Bunday raqamli yeçimlar öquvçilar davomatini muntazam nazorat qiliş, taʼlim jarayonini samarali boşqariş va mavjud muammolarga öz vaqtida munosabat bildiriş imkonini beradi.
Şuningdek, taʼlim-tarbiya jarayonlarining taşkil etilişi, öquvçilar uçun yaratilgan şaroitlar hamda maktabga jalb etilgan xorijlik öqituvçining faoliyati bilan tanişildi. Örganiş yakunida öquv-amaliyot xonalaridan samarali foydalaniş, maşğulotlar sifatini oşiriş va mavjud imkoniyatlarni yanada kengaytiriş yuzasidan masʼullarga körsatma va tavsiyalar berildi.
Vazir örinbosarining navbatdagi manzili Buxoro şahridagi 5-son davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti böldi. Bu yerda bolalarning ilk yoşdan intellektual salohiyatini rivojlantiriş, xorijiy tillarni örganişga qiziqişini şakllantiriş hamda ekologik tarbiya beriş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişildi.
Xususan, tarbiyalanuvçilarga ingliz, fransuz va koreys tillari yoş xususiyatlariga mos ravişda, qiziqarli öyinlar, interaktiv maşğulotlar va jonli muloqot orqali örgatilmoqda. Bu esa bolalarning til örganişga bölgan qiziqişini oşiriş, ularning fikrlaş doirasini kengaytiriş va yangi bilimlarni özlaştiriş qobiliyatini rivojlantirişga xizmat qiladi.

Taşkilotdagi yana bir eʼtiborli jihat — bolalarda tabiatga mehr va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatni şakllantirişga qaratilgan taşabbuslardir. Jumladan, taşkil etilgan jonli burçaklar orqali tarbiyalanuvçilar ösimliklar va jonli tabiat bilan yaqindan tanişib, ularni parvarişlaş, asrab-avaylaş kabi muhim hayotiy könikmalarni egallamoqda.
Örganiş jarayonida maşğulotlarning taşkil etilişi, bolalarning faol iştiroki va yaratilgan şaroitlar kuzatildi. Şuningdek, tarbiyalanuvçilarning soğlom ovqatlanişini taʼminlaş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Bolalarning yoşi va fiziologik ehtiyojlariga mos, sifatli hamda muvozanatli ovqatlanişni yölga qöyiş ularning soğlom ösişi va har tomonlama kamol topişida muhim omil ekani taʼkidlandi.
Taşrif davomida taʼlim muassasalaridagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş, taʼlim-tarbiya jarayonlarini yanada takomillaştiriş, amaliy maşğulotlar sifatini oşiriş hamda bolalar uçun munosib şaroitlarni taʼminlaş masalalari yuzasidan masʼullarga tegişli körsatma va tavsiyalar berildi.

Eʼtiborlisi, maktabda kasbiy könikmalarni şakllantirişdan tortib, maktabgaça taʼlimda xorijiy tillar va ekologik tarbiyani yölga qöyişgaça bölgan bu kabi yondaşuvlar taʼlimning uzluksizligini taʼminlaşga xizmat qiladi. Çunki barkamol avlodni tarbiyalaş faqat bilim beriş bilan çeklanmaydi. U bolaning qobiliyatini erta aniqlaş, mustaqil fikrlaşga örgatiş, hayotiy könikmalarini rivojlantiriş va kelajakka işonç bilan qadam qöyişi uçun zarur şaroit yaratişni ham taqozo etadi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri