Yagona kriminogen maʼlumotlar platformasi işga tuşiriladi
Davlatimiz rahbarining “Respublikada kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlaş sohasida samarali raqamli nazorat, tahlil va prognozlaş tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra, Yagona kriminogen maʼlumotlar platformasi işlab çiqiladi va işga tuşiriladi.
Platforma orqali jinoyatlarning obʼektiv va subʼektiv sabablari, masʼul idoralar, mansabdor şaxslar hamda bartaraf etiş çoralarining elektron reyestrini yuritiş, körilgan çoralar natijalarini inson omilisiz oylik, yarim yillik va yillik nazorat qiliş amalga oşiriladi.
Hududlar, mahallalar va jinoyat turlari kesimida jinoyatçilik dinamikasini yarim yillik va yillik prognoz qiliş hamda uning natijalari asosida kriminogen vaziyati oğir hududlarga vaziyatni barqarorlaştirişga qaratilgan çoralarni nazarda tutuvçi xabarnomalar yuboriladi.
Platforma 2027-yil yakuniga qadar Toşkent şahrining Olmazor tumanida sinov tariqasida işga tuşirilib, 2028-yildan boşlab uni respublikaning barça hududlariga bosqiçma-bosqiç joriy etiş çoralari köriladi.
Har yili aholi örtasida milliy viktimologik sörov, aholining xavfsizlik hissi va huquqni muhofaza qiluvçi organlarga işonçi böyiça ijtimoiy sörov, yoşlar, voyaga yetmaganlar, ayollar, muqaddam sudlangan va probatsiya hisobidagi şaxslar, “qizil” toifadagi mahallalar hamda boşqa masalalar böyiça manzilli kriminologik tadqiqotlar taşkil etiladi.
N.Abduraimova,
ÖzA