Hasan Solihov: Milliy madaniy meros zamonaviy kontent orqali yoşlarga yaqinlaşişi kerak
Özbekiston va Rossiya media vakillari iştirokidagi forumda Özbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat masalalari böyiça vakili Hasan Solihov milliy madaniy merosni asraş, zamonaviy ijodiy şaklda namoyon etiş va ikki mamlakat örtasida qöşma madaniy loyihalarni rivojlantiriş masalasiga töxtaldi.
Taʼkidlanişiça, Özbekistonning boy madaniy salohiyati – meʼmoriy yodgorliklar, adabiyot, musiqa va milliy anʼanalarni nafaqat saqlaş, balki yoşlar uçun ham qiziqarli şaklda taqdim etiş muhim. Bugungi yoşlar minglab film, serial, video rolik va kompyuter öyinlari orasidan tanlov qilmoqda. Şu bois milliy madaniy meros zamonaviy media mahsulotlari bilan raqobatlaşa oladigan mazmunda namoyon bölişi zarur.
Maʼruzaçi Özbekiston va Rossiya madaniy hamkorligi jarayonida qöşma film, serial, “YouTube” kontenti va boşqa ijodiy loyihalar ham muhimligini qayd etdi. Bunday mahsulot har ikki xalqning madaniy öziga xosligini aks ettirib, bir-birining tarixi, qadriyati va hayotiga qiziqiş uyğotadi.
Maʼlumki, rossiyalik sayyohlar milliy taomlarimiz, musiqamiz va madaniy merosimizga ham juda qiziqadi. Samarqand, Buxoro va Xivaga kelgan mehmonlar taassuroti ikki xalq madaniy yaqinligini yanada mustahkamlaşi şubhasiz.
H.Solihov teatr sohasidagi hamkorlik tajribasiga ham töxtaldi. Xususan, Özbekiston Yoşlar teatri Rossiya bolalar va ösmirlar teatri anʼanalari bilan boğliq tarixga ega ekanini taʼkidlab, özaro qöşma loyihalar ikki mamlakat madaniy aloqalarini rivojlantirişga xizmat qilişiga işonç bildirdi. Zero, sahnada yaratilayotgan asarlar tomoşabinga maʼnaviy ozuqa beradi.
Dilşod Hakimov,
Farhod Abdurasulov (surat),
ÖzA