Yuliana Slaşçyova: Özbekiston va Rossiya animatsiya sohasida qöşma loyihalarni rivojlantiradi
Özbekiston va Rossiya media vakillari iştirokidagi forumda “Soyuzmultfilm” kinostudiyasi kengaşi raisi Yuliana Slaşçyova ikki mamlakat örtasida animatsiya sohasidagi hamkorlikni tiklaş va yangi loyihalar amalga oşiriş muhimligini taʼkidladi. “Soyuzmultfilm” kelgusida turli madaniy loyihalar uçun kontent yaratiş yölida hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
Mutaxassis studiyaning Özbekiston bilan tarixiy aloqalarini esga oldi. 1941-1945-yillari bir muddat Toşkent va qisman Samarqandda faoliyat yuritgan “Soyuzmultfilm”da 1965-yil özbek xalq ertagi asosida Afandi haqida multfilm yaratilgan. Şu yili “Özbekfilm”da ilk qöğirçoq multfilmi 6x6 kvadrat uslubida tayyorlangan. 1979-yil esa ikki studiya hamkorligida “Nasriddin va uning eşagi” multfilmi suratga olingan.

Slaşçyova xonim bugun uşbu hamkorlikni davom ettiriş, özbek xalq ertaklari, afsona va rivoyatlari asosida qöşma animatsion loyiha yaratiş uçun imkoniyat mavjudligini qayd etdi. Uning fikriça, animatsiya til va çegarani oson kesib ötadigan universal sanʼat turi. Yaʼni, bu anʼanaviy tajribani yangi texnologiya va yoş ijodkorlar ğoyasi bilan uyğunlaştiriş muhim.
Şuningdek, RF vakili “Soyuzmultfilm”ning maşhur qahramonlari timsolida serial, badiiy film, kompyuter va mobil öyinlar, komiks hamda boşqa mahsulotlar yaratilayotganini aytdi. Bu tajriba özbek animatsiyasida ham milliy ertak va afsona qahramonlariga yangi hayot bağişlaş uçun qöl kelişi mumkin.
Mehmon Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan tanişgani haqida gapirar ekan, majmuada tarix va madaniyat inter faol usulda, sodda va tuşunarli taqdim etilganini yuqori baholadi.
Dilşod Hakimov,
Farhod Abdurasulov (surat),
ÖzA