Xorazmda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati örganildi
Kuz-qiş mavsumida aholi uçun qulay va xavfsiz turmuş şaroitini yaratiş, kommunal xizmatlar barqarorligini taʼminlaş muhim vazifalardan biridir. Ayniqsa, sovuq kunlarda köp qavatli turar-joylarni issiqlik bilan taʼminlaş, elektr energiyasi, tabiiy gaz va içimlik suvi yetkazib berişda uzilişlarga yöl qöymaslik alohida ahamiyat kasb etadi.
Mavsumga puxta hozirlik köriş aholining qiş oylarini qulay şaroitda ötkazişi bilan birga, turli avariyalar, texnik nosozliklar va kutilmagan uzilişlarning oldini olişda ham muhim örin tutadi. Şu bois uy-joy fondi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha obʼektlarining tayyorlik darajasini örganiş, mavjud kamçiliklarni öz vaqtida bartaraf etiş dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Şu maqsadda Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati, köp qavatli turar-joylardagi noqonuniy qurilişlar va kommunal tarmoqlarning texnik holatini örganişga qaratilgan kompleks nazorat tadbirlari ötkazildi.
Örganişlar davomida köp qavatli uylarda özboşimçalik bilan amalga oşirilgan, belgilangan quriliş meʼyorlari va şaharsozlik talablariga zid bölgan quriliş hamda qayta quriş holatlariga eʼtibor qaratildi. Şuningdek, umumiy foydalaniş joylaridan belgilangan tartibda foydalanilişi ham közdan keçirildi.
Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan qonunçilikda belgilangan tartibda tegişli çoralar körildi.
[gallery-32657]
Mazkur nazorat tadbirlari kommunal tarmoqlarning barqaror işlaşini taʼminlaş, turar-joylarda xavfsizlik talablariga rioya etilişini kuçaytiriş hamda kuz-qiş mavsumida yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolarning oldini olişga qaratildi.
Behzodbek SAIDOV (surat), ÖzA