«Jadidlar izidan» tanlovining Namangan viloyati bosqiçi ğoliblari aniqlandi
Namangan viloyatida umumiy örta taʼlim maktablari öquvçilari örtasida «Jadidlar izidan» respublika tanlovining viloyat bosqiçi bölib ötdi.
Jadid maʼrifatparvarlarining hayoti, faoliyati va boy maʼnaviy merosini keng tarğib etiş, yoşlarning tarixiy tafakkuri, kitobxonlik madaniyati hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirişga qaratilgan mazkur tanlovda qatnaşiş uçun jami 61 ming 489 nafar öquvçi röyxatdan ötgan.
Saralaş jarayonlari yakunida tuman va şahar bosqiçlarida birinçi örinni qölga kiritgan 28 nafar öquvçi viloyat bosqiçida iştirok etiş huquqiga ega böldi.
Iştirokçilar 6–8 hamda 9–10-sinflar toifalarida «Boşqotirma», «Asar tahlili» va «Inşo» şartlari böyiça bellaşdi. Ular jadidlar hayoti va ijodiga oid bilimlarini namoyiş etiş bilan birga, asarlarni tahlil qiliş, mustaqil fikrlaş hamda öz qaraşlarini yozma ravişda ifodalaş borasidagi mahoratini sinovdan ötkazdi.
Yakuniy natijalarga köra, 6–8-sinf öquvçilari örtasida Çortoq tumani vakili Sabrina Otavaliyeva birinçi örinni egalladi. 9–10-sinflar toifasida esa Yangiqörğon tumanidan Nafosat Isoqjonova ğoliblikni qölga kiritdi.
Tanlov yakunida ğolib va sovrindorlar taşkilotçilar tomonidan munosib taqdirlandi.
[gallery-32673]
Mazkur tanlov yoş avlodni jadid bobolarimizning maʼrifatparvarlik ğoyalari, milliy taraqqiyot yölidagi ezgu intilişlari va boy adabiy merosi bilan yaqindan taniştiriş, ularda tarixiy xotira hamda kitobxonlikka qiziqişni mustahkamlaşga xizmat qildi.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA