Jizzaxda «Jasorat maktabi»ning törtinçi mavsumi boşlandi
Jizzax garnizonidagi harbiy qismda yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularning jismoniy va maʼnaviy salohiyatini yuksaltiriş hamda kasb-hunarga yönaltirişga qaratilgan «Jasorat maktabi» harbiy-vatanparvarlik öquv yiğinining törtinçi mavsumiga start berildi.
TŞu munosabat bilan taşkil etilgan tantanali marosimda Jizzax garnizoni qömondonligi, Özbekiston yoşlar ittifoqining viloyat Kengaşi, Yoşlar işlari boşqarmasi, viloyat Içki işlar boşqarmasi, Harbiy prokuratura vakillari, Qurolli Kuçlar faxriylari hamda yiğin iştirokçilari qatnaşdi.
Tadbirda sözga çiqqanlar mamlakatimizda yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning maʼnaviy-axloqiy kamoloti, jismoniy çiniqişi va jamiyatda munosib örin egallaşi uçun yaratilayotgan şart-şaroitlar xususida töxtaldi. Şuningdek, bunday öquv yiğinlarining yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularda masʼuliyat, qatʼiyat va intizomni şakllantirişdagi ahamiyati taʼkidlandi.
— Uşbu öquv yiğini yigitlarning nafaqat jismoniy va jangovar şayligini oşiriş, balki ularda qatʼiyat, intizom va Vatan taqdiriga daxldorlik tuyğusini mustahkamlaşga ham xizmat qiladi, - deydi Jizzax garnizoni boşliğining tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça örinbosari, mayor Uluğbek Fayziyev. — Mavsum davomida yoşlar bilan tizimli va manzilli iş olib boriladi.
Öquv yiğiniga viloyatning barça şahar va tumanlaridan yoşlar jalb etilgan. Tasdiqlangan dasturga muvofiq, iştirokçilar uçun boşlanğiç harbiy tayyorgarlik, Qurolli Kuçlar faoliyati bilan yaqindan tanişiş, fuqarolik masʼuliyatini oşiriş va zamonaviy kasb-hunarlarni egallaşga qaratilgan nazariy hamda amaliy maşğulotlar taşkil etiladi.
Şuningdek, yigitlarning böş vaqtini mazmunli ötkaziş, dunyoqaraşini kengaytiriş va jamoaviy hamjihatligini mustahkamlaş maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar, kitobxonlik keçalari, sport musobaqalari hamda madaniy tadbirlar ötkazilişi rejalaştirilgan.
[gallery-32668]
Mazkur öquv yiğini yoşlarning hayotiy könikmalarini rivojlantiriş, ularni mustaqil hayotga tayyorlaş, kasb tanlaşiga kömaklaşiş hamda Vatanga sadoqat va fuqarolik masʼuliyati tuyğularini mustahkamlaşga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Jamşid YORBEKOV (surat), ÖzA