Xitoydagi tarixiy uçraşuvdan nima kutiş mumkin? (+video)
Şu kunlarda Xitoyning Şençjen şahrida Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti ötkazilmoqda. Mazkur anjuman doirasida bugun AQŞ, Xitoy va Rossiya rahbarlari ilk bor uç tomonlama uçraşuv ötkazişi kutilyapti, deyilgan “Euronews” xabarida.
Si Szinpin Trampni aeroportda şaxsan özi kutib oldi. Bu holat ikki davlat örtasidagi munosabatni yumşatişga qaratilgan diplomatik işora sifatida baholanmoqda. Uçala rahbar keçqurun rasmiy qabul marosimida ham suhbatlaşdi.
Asosiy muloqot çoği yadro qurolini nazorat qiliş, Eron va Şimoliy Koreya masalalari muhokama qilinişi kutilyapti. Rossiya – Ukraina nizosi mavzusi rasman kun tartibiga kiritilmagan. Tramp esa mojaroni tugatiş böyiça tomonlar kelişuvga yaqinlaşganini aytgan.
Kreml Tramp va Putinning alohida uçraşuvini taşkil etiş böyiça iş olib borilayotganini bildirdi. Tramp KXDR yetakçisi bilan uçraşiş imkoniyatini ham istisno qilmagan.
Si Szinpin erkin savdoni qöllab-quvvatlab, bojni kamaytiriş va xorijiy sarmoyadorlar uçun qulay şaroit yaratişga vaʼda berdi. Putin esa Ğarb sanksiyasi va savdo çeklovini tanqid qildi.
AQŞ va Xitoy örtasidagi asosiy kelişmovçilik savdo boji va zamonaviy mitti çip yetkazib berişga qöyilgan çeklov hisoblanadi. Muzokarada Tayvan masalasi ham körilişi mumkin.
Xullas, dunyoning uç yirik davlati yetakçilari yadroviy xavfsizlik, xalqaro savdo va geosiyosiy muammolar yuzasidan olib borayotgan muloqotlar jahon siyosatining keyingi yönalişlari hamda global xavfsizlik muhitining şakllanişida muhim ahamiyat kasb etişi mumkin.
Kenja Bekjonov,
Salimjon Obidjonov (video),
ÖzA