Adabiy döstlik – abadiy döstlik
Tojikistonning Xöjand şahrida yurtimizdagi “Vatandoşlar” jamoat fondi tomonidan naşr etilgan ikki kitob – Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi Asqar Mahkamning “Işq guli” hamda Tojikiston Yozuvçilar ittifoqi aʼzosi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi faxriy aʼzosi Örinboy Usmonning “Tanlangan asarlar” töplamlari taqdimoti bölib ötdi.
Yuzlab kitobxonlar, adabiyotşunoslar, şoir va yozuvçilar iştirok etgan tadbir özbek va tojik xalqlari örtasidagi azaliy döstlik, adabiy va madaniy hamkorlikning öziga xos bayramiga aylandi.
Taqdimotda ikki mamlakat yetakçilari Şavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning saʼy-harakatlari tufayli özbek va tojik xalqlari munosabatlari yangi bosqiçga kötarilgani, Abdurahmon Jomiy va Alişer Navoiy asos solgan adabiy döstlik anʼanalari izçil davom ettirilayotgani taʼkidlandi.

Yiğinda Söğd viloyati hokimligining ijtimoiy taraqqiyot va jamoatçilik bilan aloqalar bölimi mudiri, filologiya fanlari doktori Tojiboy Sultonzoda, Tojikiston Yozuvçilar ittifoqi Söğd viloyati bölimi rahbari, xalq şoiri Ahmadjon Rahmatzod hamda Tojikiston xalq şoirasi Farzona Xöjandiy sözga çiqdi.
Iştirokçilar Asqar Mahkam va Örinboy Usmon ijodining ikki mamlakat adabiy hayotidagi örni, ularning xalqlar örtasidagi maʼnaviy yaqinlikni mustahkamlaşga qöşgan hissasiga alohida töxtalişdi.

Xususan, Ahmadjon Rahmatzod Asqar Mahkamning fors-tojik adabiyotini çuqur bilgani, Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi maʼnaviy” asaridan parçalarni özbek tiliga mahorat bilan tarjima qilganini qayd etdi. Şuningdek, Örinboy Usmonning tört jildlik “Saylanma”si Tojikistonda, “Tanlangan asarlar” töplami esa Özbekistonda naşr etilgani ijodkor asarlariga ikki mamlakatda ham qiziqiş yuqori ekanidan dalolat berişi taʼkidlandi.
“Yoşlik” jurnali boş muharriri Nurullo Çori Örinboy Usmon ijodining öziga xos jihatlari, uning inson ruhiyatini tasvirlaş mahorati haqida fikr bildirdi. Adibning “Tanlangan asarlar” töplamiga yozuvçi, professor Xurşid Döstmuhammad sözboşi yozgani ham qayd etildi.
“Jahon adabiyoti” jurnali boş muharriri örinbosari, adabiyotşunos Alimurod Tojiyev esa Asqar Mahkam şeʼriyatida halollik, rostgöylik va haqiqat ğoyalari ustuvor ekanini tilga olib, şoirni özbek adabiyotida ilohiy işqni öziga xos ruhda tarannum etgan ijodkor sifatida eʼtirof etdi.

“Vatandoşlar” jamoat fondi vakili Javohir Rahimov xorijda özbek tilida ijod qilayotgan adiblarni qöllab-quvvatlaş fond faoliyatining muhim yönalişlaridan biri ekanini qayd etdi. Jumladan, sönggi yillarda tojikistonlik ijodkorlar Sayfulla Qulayev, Sultonmurod Hojiboyev, Jamşid va Soliha Nazar asarlari, şuningdek, “Tojikiston özbek adabiyoti” antologiyasi naşr etilgani maʼlum qilindi.
Anjuman davomida Özbekiston va Tojikiston sanʼatkorlari ijrosidagi kuy-qöşiqlar, jumladan, “Nuri Xöjand” şaşmaqom ansambli vakillarining çiqişlari adabiy keçaga özgaça fayz bağişladi.
Taʼkidlaş kerakki, mazkur adabiy tadbir özbek va tojik xalqlarini boğlab turgan muştarak maʼnaviy qadriyatlarni asrab-avaylaş, ijodiy aloqalarni kengaytiriş hamda ikki ölka örtasidagi madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qildi, deyiş mumkin.
Oraş Akaboyev, ÖzA