Axborot hamkorlarimiz nigohida – Yangi Özbekiston
Mazkur ruknda ÖzAning xorijiy axborot hamkorlari sahifalarida eʼlon qilinayotgan Yangi Özbekistonga oid xabarlar, kuzatuv va baholar berib borilmoqda. Bu jarayon nafaqat çet el media vakillari nuqtai nazarini, balki ölkamiz haqidagi haqqoniy taşqi qaraşlarni ham umumlaştiradi. Şu tariqa mamlakatimizning taraqqiyot yöli, oçiq siyosati va islohotlari xalqaro axborot makonida qanday tahlil qilinayotgani haqida muayyan tasavvur hosil qiliş mumkin.
APP: “Barça yöllar Toşkentga olib boradi”

Pokistonning Associated Press of Pakistan (APP) agentligi 25-27-noyabr kunlari Toşkentda “Ipak yölida turizm – TITF 2026” xalqaro turizm yarmarkasi bölib ötişi haqidagi xabarni ulaşdi.
“CAEx Uzbekistan” körgazma markazida ötkaziladigan tadbirda 20 davlatdan 300 dan ortiq kompaniya iştirok etişi kutilmoqda. Yarmarka turizm taşkilotlari, turoperator, aviakompaniya, investor va xalqaro hamkorlar uçun muloqot maydoni böladi.
Tadbir doirasida xalqaro turizm investitsiya forumi, taqdimotlar, biznes uçraşuvlar, muhokamalar va milliy pavilonlar taşkil etiladi. Unda Özbekistonning barça hududi turistik salohiyati ham namoyiş etiladi.
Trend: Özbekiston va Ozarbayjon markaziy banklari tajriba almaşdi

Ozarbayjonning “Trend” axborot agentligi Özbekiston va Ozarbayjon markaziy banklari örtasida tajriba almaşinuvi bölib ötgani haqida xabar berdi.
Özbekiston Markaziy banki raisi örinbosari Abrorxöja Turdaliyev boşçiligidagi delegatsiya Ozarbayjon Markaziy bankida bölib, turli yönalişlarda taqdimot va uçraşuvlarda iştirok etgan.
Muloqotlarda ikki mamlakat markaziy banklari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalasi muhokama qilingan. Şuningdek, moliyaviy tizimlar, tölov infratuzilmasi va maʼlumot almaşinuvi sohalaridagi hamkorlik imkoniyatlariga eʼtibor qaratilgan.
Sinxua: Özbekiston Samarqand viloyatida birlamçi tibbiy yordamni rivojlantiradi

Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi Jahon banki Özbekistonga Samarqand viloyatida birlamçi tibbiy yordamni rivojlantiriş uçun 100 million dollar imtiyozli kredit ajratişini eʼlon qildi.
Uşbu mablağ 4,3 million aholi istiqomat qiluvçi hududda surunkali kasalliklarni erta aniqlaş va davolaş, şuningdek, tibbiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga yönaltiriladi. Dastur doirasida 400 dan ortiq oilaviy poliklinikani modernizatsiya qiliş va 6,4 mingdan ziyod tibbiyot xodimini tayyorlaş rejalaştirilgan.
Loyiha 2028-yilning dekabr oyigaça amalga oşiriladi.
BelTA: Belarus va Özbekiston agrosanoat sohasidagi kooperatsiyani kengaytirmoqda

Belarusning “BelTA” axborot agentligi ikki mamlakat qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sanoatida qöşma loyihalarni rivojlantirayotgani haqida maqola eʼlon qildi.
Maʼlum qilinişiça, ikki mamlakat oziq-ovqat mahsulotlari va qişloq xöjaligi xomaşyosi savdosi hajmini 1 milliard dollarga yetkaziş böyiça reja qabul qilgan. Joriy yilning yanvar–sentabr oylarida agrar mahsulotlar savdosi uçdan bir qismga oşgan.
Hamkorlikdagi yirik loyihalardan biri, Özbekistonda “Servolyuks” kompaniyasi iştirokida parrandaçilik klasterini taşkil etişdir. Loyiha töliq quvvatga çiqqaç, yiliga 75 ming tonna parranda göşti va 14 ming tonna çuqur qayta işlangan mahsulot işlab çiqariş imkoni yaratiladi.
Bundan taşqari, Belarus korxonalari Özbekistonda meva-sabzavot va rezavorlarni muzlatiş hamda qayta işlaş loyihalarini ham amalga oşirmoqda. Şuningdek, “Bellakt” korxonasida Özbekistonning “Safolak” milliy brendi ostida bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş yölga qöyilgan.
Dilşod HAKIMOV,
ÖzA