U kunlarning ötmişda qolgani rost bölsin...
Bu yilgi paxta hosili Respublikamizda qanday yiğiştirib olinganini birov bildi, birov bilmadi. Haqiqatdan ham bu mavsum heç qanday şovqin-suronsiz, ortiqça zöriqişsiz keçdi. Qisqa vaqt içida ulkan paxta xirmoni bunyod etildi. Albatta, köpçilik könglidan “bölar ekan-ku!” degan gap ötgan bölsa kerak. Lekin oldinlari bunday emasdi. Masalan, şöro davrida. Öşa vaqtlar terim boşlandi degunça butun respublika ulkan kazarmaga aylanardi. Yurtimizda göyoki favqulodda holat yuz berganu hamma şunga böysinişi kerakday.
Biz öquvçilar ham xuddi kattalarday paxta terimiga otlanardik. U paytlar toza paxta tersak, bor yöği ön kun terardik. Qolgan paytlari terim maşinasi terolmasdan qoldirib yoki soçib ketgan, ğözapoyaning barglariyu tuproqqa qorişib yotgan iflos paxtalarni terişga majbur edik. U kunlarni eslasam, öz-özimga açinib ketaman. Axir, ifloslangan paxtalarni teraverganimizdan qöllarimiz şilinib, yorilib ketardi. Bundan taşqari, 30-40 kilo paxtani yelkaga kötarib, to tarozibonning oldigaça bölgan qariyb bir çaqirim yölni bosib ötişning özi böladimi! Töğri, mehnat odamni öldirmaydi. Lekin 14-16 yoşli biz bolalar qora terga botib, uyimizdan 200-300 çaqirim uzoqlikda, kitob va ustozlar saboğisiz, hali qotmagan, nozik bellarimizni bukkança paxta terardik. Öqituvçilarimizning balki öşanda bizga rahmi kelgandir, lekin ular majbur bölganidan bölsa kerak, biz yoş bolalardan norma talab qilişar, uni bajarmaganlarni jazolaşardi.
Keçqurun yotadigan joylarimizga ham havas qilib bölmasdi. Uylarimizdan olib kelingan körpalarga burkangaça sovuq baraklarda uxlardik. Albatta, bu körpalar çoyşabsiz bölar, oqibatda ular bir-ikki oy içida butunlay kirlanib ketardi. Bu bilan heç kimning işi bölmasdi. Bizdan faqat paxta talab qilişardi...

Öşanda terimga kelganimizga uç-tört kun bölmasdan, nimagadir burnimdan qon oqa boşladi. Endi uyga ketsam kerak deb öylagandim. Qayoqda deysiz, kasalxonaga jönatişdi. U yerda bir haftagaça davolandim. Qaytib kelgaç, yana javob berişmadi. Yana paxta terişga majbur böldim. Ha, öşa paytlari odam emas, paxta aziz edi.
Nihoyat yurtimizda siyosat, tuzum özgardi. Mustaqillikka erişdik. Bolalar mehnatiga barham berildi. Endi biz ozod mamlakatning erkin fuqarolarimiz. Könglimiz ne bir ezgu işni buyursa, şuni qilmoqdamiz. Ayniqsa, keyingi ön yil içida Prezidentimiz rahbarligida amalga oşirgan bunyodkorlik işlarimizni sanaydigan bölsak, şubhasiz hisobdan adaşib ketamiz. Yana şuni işonç bilan aytiş mumkinki, köplab sohalarda maqtansa maqtangudek ijobiy özgariş va yangiliklar yuz berdi. Buni qişloq xöjaligi misolida ham aytib ötiş mumkin. Bu narsa ayniqsa, paxta yetiştirişda, jumladan uni yiğib-terib olişda yaqqol namoyon bölmoqda.

Hozirgi paytda paxta hosilining asosiy qismi terim maşinalarida yiğiştirib olinmoqda. Bu maşinalarning oldingilaridan farqi şundaki, ular paxtani iflos qilmay, tökib-soçmasdan toza qilib terişadi. Oqibatda bir iş ikki bölmaydi. Albatta, bu çegara emas. Yaqin vaqtlar içida qöl terimiga heç qanday hojat qolmasligi mumkin. Axir, bir paytlar odamlar ğallani ham öroqda örişgan-ku. Hozir esa buni xayolga siğdirib bölmaydi. Demak, paxta terimida ham şu holat yuz beradi. Bunga şubha yöq.

Darhaqiqat, bugun mamlakatimizdagi bunday özgarişlarni körib nafaqat yurtdoşlarimiz, balki xorijliklar ham qoyil qolişmoqda, havas qilişmoqda. Axir aytişadi-ku: Intilganga tole yor deb. Biz ham intilmoqdamiz. Buning samarasini esa hammamiz körib, bilib turibmiz.
Turob NIYOZ,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi
ÖzA