Surxondaryolik suvçilar qişga qanday hozirlik körmoqda?
Yilning tört faslida ham inson suv bilan tirik. Usiz yaşab bölmaydi. Xalqimizda “Suv – hayot manbai, tozalik, soğlik garovi”, degan naql ham bejiz aytilmagan. Şu bois aholini qiş faslida ham sifatli içimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlaş soha fidoyilarining muhim vazifalaridan biriga aylangan.
Maʼlumotlarga köra, ayni paytda viloyat aholisining ikki milliondan ortiği yoki 68,6 foizi markazlaşgan içimlik suvi bilan taʼminlangan. 15,8 foiz isteʼmolçiga içimlik suvi maxsus transport vositalari orqali yetkazib berilmoqda. 16,7 foizi boşqa manbalar hisobiga içimlik suvi bilan taʼminlangan.

Yilning tört faslida ham viloyatdagi isteʼmolçilarni içimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlab kelayotgan “Surxondaryo suv taʼminoti” aksiyadorlik jamiyati işçi-xizmatçilari joriy kuz-qiş mavsumida aholiga uzluksiz va sifatli içimlik suvi yetkazib berişga puxta tayyorgarlik körib, suv taʼminoti tizimlarida yuzaga kelişi mumkin bölgan nosozliklarning oldini oliş, nasos uskunalari va tarmoqlarning işonçli işlaşini taʼminlaş yuzasidan zarur işlarni amalga oşirmoqda.
Yaqinda “Surxondaryo suv taʼminoti” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Öroqali Diyorov bilan vohada aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş yölida bajarilayotgan işlar va ularning odamlar hayotini özgartirişdagi örni haqida suhbatlaşib qoldik. Gurungimiz aylanib, isteʼmolçilarni bu yilgi sovuq kunlarda uzluksiz suv bilan taʼminlaş mavzuida ança davom etdi.

– Qişda isteʼmolçilarning suv taʼminotisiz qolişi aholiga ham, işçi-xodimlarga ham biroz taşvişli holatni yuzaga keltiradi. Şu bois bu mavsumga tayyorgarlik köriş maxsus dastur asosida amalga oşiriladi, – deydi Öroqali Diyorov. – Şunga köra, içimlik suvi tarmoqlarining 58,5 kilometr va 150 dona nasos uskunasini joriy va mukammal taʼmirlaş belgilab olingan. 51,2 kilometr içimlik suv tarmoği va 93 dona nasos uskunasini joriy taʼmirlaş, 7,3 kilometr suv tarmoği va 57 dona nasos uskunasini mukammal taʼmirlaş rejalaştirilgan. Şu paytgaça 61,3 kilometr içimlik suvi tarmoği va 150 ta nasos uskunalar joriy hamda mukammal taʼmirlandi. Mavsumda tarmoqlarda uzluksiz va sifatli suv bölişini taʼminlab, nasos uskunalar hamda tarmoqlarni doimiy nazorat qiliş, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildiriş uçun zarur çoralar körildi.
Viloyatda qişli-qirovli kunlarda yuzaga kelişi mumkin bölgan nosozliklarni tezkor bartaraf etiş uçun 18 ta avariya-tiklaş brigadasi, 64 ta texnika, 18 dona jihozlar jamlanmasi, 116 nafar xodim, 38 ta surilma klapan, 3,1 kilometr içimlik suv quvurlari, 67 kilogramm bolt, gayka, 9 ta suv oliş gidranti, 29 ta nasos hamda 22 ta şina zaxirasi ham yaratildi. Zarurat bölib qolganda isteʼmolçilarga sifatli obi-hayot yetkazib beradigan 38 ta suv taşuvçi maxsus texnika şay holatga keltirildi. Bu jarayonda, ayniqsa, köp qavatli uylarga uzluksiz içimlik suvi uzatiş va oqova suv tizimlarining barqaror işlaşini taʼminlaşga alohida ahamiyat berildi.

Mavridi kelganda aytiş kerakki, yilning davrida korxona mablağlari hisobidan 60,6 kilometr içimlik suv tarmoqlari qurilib, 82 ta energiya tejamkor nasos, 5 ta suv minorasi örnatildi. 469 ta nasos va uskunalar, 3 ta maxsus texnika qayta taʼmirlanib, işga tuşirildi. Nosoz holatdagi 171 ta yopqiç – surilma klapan taʼmirlanib, yangisiga almaştirildi. Suv inşootlarining sanitariya holatini yaxşilaş maqsadida 152 ta suv saqlaş hovuzi va 610 ta suv minorasi tozalanib, zararsizlantirildi. 24 ta suv minorasida böyaş işlari amalga oşirildi. 23 ta nasos joriy va mukammal taʼmirlanib, qöşimça 7 ta yangi nasos örnatildi Oqova suv tizimlarini soz holatda saqlaşga ham alohida eʼtibor qaratilib, 225,4 kilometr oqova suv kollektori va tarmoqlari gidrodinamik maşina yordamida yuvildi.
Mamlakatimizda aholini sifatli içimlik suvi bilan taʼminlaşga qaratilayotgan eʼtibor janubdagi vohada ham öz samaralarini bermoqda. Jumladan, ötayotgan yilda viloyatdagi 723 ta mahalladan 87 tasi töliq va 561 tasi qisman içimlik suvi bilan taʼminlangan bölsa, 75 ta mahalla aholisi muqobil manbalardan foydalanmoqda.

Yil yakunigaça respublika byudjetidan ajratiladigan 568,3 milliard söm mablağ evaziga barça dasturlar doirasida 11 ta içimlik va bitta oqova suv inşooti, 233 kilometr içimlik va 11,1 kilometr oqova suv tarmoğini quriş möljallangan. Ötgan davrda 9 ta içimlik va bitta oqova suv inşooti, 179,9 kilometr içimlik va 10,5 kilometr oqova suv tarmoği qurildi. 1 ming 654,2 kilometr tarmoq, 469 ta nasos va uskunalari profilaktik körikdan ötkazilib, joriy va mukammal taʼmirlandi.
Homiylik, hokimlik va jamiyat mablağlari hisobidan 201,7 kilometr içimlik suvi tarmoği barpo etilib, jamiyat hisobidagi içimlik suvi inşootlariga 82 ta energotejamkor nasos örnatildi.16 ta oqova suvni kötariş nasoslari joriy va mukammal taʼmirlanib, 6 ta yangi nasos qöyildi. Bu işlar 127 ta mahalladagi 30 ming 810 nafar aholini ilk bor markazlaşgan içimlik suvi bilan taʼminlab, 72 ta mahalladagi 45 mingdan ortiq isteʼmolçining içimlik suvi taʼminotini yaxşiladi.

Viloyatda isteʼmolçilarni sifatli obi-hayot bilan taʼminlab, ularning hayotidan rozi bölib yaşaşiga qaratilgan bunday yirik bunyodkorlik işlari öz-özidan bölayotgani yöq. Buning uçun yirik mablağ va işçi kuçi sarflanmoqda. Masalan, Prezidentimizning 2024-yil 28-martdagi Islom Taraqqiyot banki iştirokida “Qişloq joylarini kompleks rivojlantiriş” (2 bosqiç) loyihalarini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori doirasida viloyatning Angor, Boysun, Muzrabot, Şerobod va Termiz tumanlardagi 34 ta mahallada 188 milliard söm mablağ evaziga 33 ta inşoot, 999 kilometrdan ortiq içimlik suvi tarmoğini quriş, 18,9 ming xonadonga suv hisoblaş uskunalari örnatiş işlari olib borilmoqda. Şu kungaça 25 ta inşoot, 964,9 kilometr suv tarmoği barpo etilib, 17,9 ming xonadonga suv hisoblaş uskunasi örnatib berildi.
Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining 2,3 million dollar mablaği hisobidan viloyatdagi magistral suv quvurlari hamda inşootlarga 221 dona zamonaviy masofadan maʼlumot uzatuvçi suv hisoblagiç uskunasi örnatildi.

Vohada amalga oşirilayotgan қиймати 287 million dollarlik “Töpalang suv ombori suvidan foydalaniş hisobiga Surxondaryo viloyatining içimlik suv taʼminotini yaxşilaş” loyihasi Termiz şahri va 11 ta tumandagi 302 ta mahallada yaşaydigan bir million 300 mingdan ortiq isteʼmolçining sifatli içimlik suviga bölgan ehtiyojini töliq qoplaydi. Hozirgaça Termiz şahri, Sariosiyo, Denov, Şörçi, Qumqörğon, Oltinsoy, Bandixon, Şerobod, Jarqörğon va Angor tumanlaridagi 190 ta mahallaning 725 ming nafar isteʼmolçisi “Töpalang” suv omborining qayta işlangan zilol suvidan bahramand bölayotir. Rejada belgilangan mahallalarda quriliş işlari uyuşqoqlik bilan olib borilmoqda.
Sayyoramizda sifatli, tanga şifo böladigan suv taqçillaşib borayotgan bir paytda hayotning özi qişu yozda xalqimizni zilol obi-hayot bilan uzluksiz taʼminlayotgan suvçilar mehnatini qadrlaşni, xonadonimizgaça yetib kelayotgan beminnat sifatli suvni isrof qilmay, tejab işlatiş madaniyatimizni yanada oşirişni taqozo etmoqda. Zero, keksalarimizning “Suvni isrof qilganing – umringni qisqartirganing”, degan hikmatli sözida çuqur maʼno bor. Viloyatda qişning sovuq kunlarida aholini içimlik suvi bilan barqaror taʼminlaşga qaratilgan hozirlik qizğin davom etmoqda.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri