Raqobatga qarşi kelişilgan harakatlar uçun jarimalar qöllanildi
Raqobat qömitasi tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasidagi 22 ta gaz töldiriş şoxobçasida raqobatga qarşi kelişilgan harakatlar yuzasidan moliyaviy jarimalar qöllanildi.
Qömitaga kelib tuşgan fuqaro murojaati asosida Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahrida faoliyat yuritayotgan 22 ta avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçasidagi narxlar yuzasidan örganiş işlari olib borildi.
Örganiş natijalariga köra, Nukus şahrida faoliyat yuritayotgan yuqoridagi şoxobçalarda bir vaqtda 1 m³ siqilgan gaz mahsuloti amaldagi narxiga nisbatan örtaça 1050 sömgaça oşirilib sotilgani aniqlangan.
Aniqlangan holatlarga muvofiq, Qoraqalpoğiston Respublikasidagi qömita Maxsus komissiyasi tomonidan uşbu xöjalik yurituvçi subʼektlarga nisbatan “Raqobat töğrisida”gi qonunning 19-moddasi talablari, yaʼni raqobatga qarşi muvofiqlaştirilgan harakatlar sodir etilgani yuzasidan işlar qözğatilib, işni körib çiqiş yakunida belgilangan tartibda moliyaviy jarima qöllaş böyiça qaror qabul qilindi.
Maxsus komissiyaning uşbu qaroridan norozi bölgan ayrim (9 ta) subʼektlar tomonidan sudga murojaat qilingan, Sud tomonidan qömita qarorlarining qonuniyligi yana bir bor tasdiqlangan.
Raqobat qömitasi mulkçilik şaklidan qatʼi nazar içki bozorda faoliyat yurituvçi barça xöjalik yurituvçi subʼektlar faoliyatida raqobatga qarşi kelişilgan (muvofiqlaştirilgan) harakatlar yuzasidan monitoring tadbirlarini davom ettiradi.
N.Rahmonova,
ÖzA