Transport va tranzit sohasidagi hamkorlik kengaymoqda
Özbekiston va Tojikiston transport-logistika hamkorligini kengaytiriş yölida muhim qadam taşladi. Ikki davlat rasmiylari yuk taşuvlarini oşiriş va eksport jarayonlarini soddalaştiriş böyiça kelişuvga erişdi.
Özbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda Tojikiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va savdo vaziri örinbosari Ruxşona Nasriddinzoda boşçiligidagi delegatsiya vakillari iştirokida uçraşuv bölib ötdi.
Ikki mamlakat örtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, özaro yuk taşuvlari hajmini oşiriş hamda eksport va tranzit jarayonlarini soddalaştiriş masalalari muzokaralar markazida böldi.
Xususan, Özbekistondan Tojikistonga quriliş materiallarini avtomobil transportida taşiş uçun undiriladigan yiğimlarni maqbullaştiriş, temir yöl orqali yetkazib berilayotgan eksport yuklarini Tojikiston hududida vagonlardan tuşiriş jarayonlarini tezlaştiriş va mavjud muammolarni bartaraf etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Şuningdek, ikki davlat örtasidagi çegara-ötkaziş punktlarining ötkazuvçanlik qobiliyatini oşiriş, yuk taşuvlari uçun yanada qulay şart-şaroitlar yaratiş yuzasidan ham fikr almaşildi.
Döstona ruhda keçgan uçraşuv yakunida Özbekistondan Tojikistonga eksport hajmini köpaytiriş, yuk taşiş jarayonlarini jadallaştiriş hamda mavjud tösiqlarni bartaraf etişga qaratilgan zarur çora-tadbirlarni qisqa muddatlarda amalga oşiriş böyiça kelişuvga erişildi.
Şerbek Islomov,
ÖzA