Toşkent – Masqat: ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa oçgan tarixiy taşrif
Prezident taşrifidan söng...
Bugungi anʼanaviy logistika zanjirlari yemirilib, yangi iqtisodiy muvozanatlar qaror topayotgan bir davrda Özbekistonning taşqi siyosiy va iqtisodiy vektorlari tubdan yangilanib, jahonning eng faol moliyaviy markazlari tomon kengaymoqda.
Joriy yilning 16-17-noyabr kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Ömon Sultonligiga amalga oşirgan davlat taşrifi va Masqat şahrida Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said bilan ötkazilgan oliy darajadagi tarixiy muzokaralar ana şu keng kölamli va uzoqni közlovçi strategiyaning mantiqiy davomi böldi, deyiş mumkin.
Sababi, xalqaro iqtisodiyot va mintaqaviy integratsiya nuqtai nazaridan Özbekiston va Ömon örtasidagi yaqinlaşuv bir neçta obʼektiv omillarga asoslanadi. Xususan, Özbekiston, oçiq dengizlarga bevosita çiqiş imkoniyatiga ega bölmagan mamlakat. Şu bois global bozorlarga eng maqbul va qisqa transport yölaklarini yaratiş mamlakatimiz taraqqiyotining hayotiy zarur şarti hisoblanadi. Ömon Sultonligi esa Hind okeani, Arab dengizi va Fors körfazi havzasida strategik jihatdan qulay joylaşgan bölib, mamlakatning Söhor, Salala va Duqm kabi yirik portlari Markaziy Osiyoni jahon okeani savdo yöllari bilan boğlaydigan muqobil va işonçli darvozadir. “Özbekiston – Turkmaniston – Eron – Ömon” transport yölagini rivojlantiriş yuklarimizning jahon bozorlariga çiqiş vaqti va xarajatlarini keskin qisqartiradi.

Şuningdek, Ömon Sultonligi özining boy uglevodorod zaxiralaridan olingan daromadlarni faol ravişda diversifikatsiya qilib, yuqori texnologiyali tarmoqlar, “yaşil” energetika, infratuzilma va moliyaviy fondlarga yönaltirmoqda. Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli iqtisodiy islohotlar, xususiylaştiriş jarayonlari hamda oçiqlik siyosati esa Ömon kapitali uçun ulkan va xavfsiz investitsiya maydonini taqdim etadi.
Masqat şahridagi “Al-Aʼlam” saroyida bölib ötgan rasmiy kutib oliş marosimidan söng boşlangan oliy darajadagi muzokaralar amaliy mazmunga boy böldi. Taşrif doirasida Ömonning yetakçi kompaniyalari, sanoat xoldinglari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan ötkazilgan muloqotlar muzokaralarning mantiqiy davomiga aylandi. Bu uçraşuvlar şunçaki rasmiy protokol tadbirlari emas, balki aniq investitsiyaviy kelişuvlarga erişilgan samarali biznes-platforma vazifasini ötadi.
Xususan, özaro savdo hajmi va mahsulot turlarini kengaytiriş uçun qöşma işçi guruhlar taşkil etiş, Ömonning yirik jamğarmalari bilan birgalikda yuqori qöşilgan qiymat yaratadigan sanoat loyihalarini moliyalaştiriş mexanizmi kelişib olindi. Şuningdek, savdo, sanoat, logistika va energetika sohalarini qamrab olgan salmoqli hujjatlar töplamining imzolanişi ikki mamlakat biznes hamjamiyatlari uçun işonçli huquqiy kafolatlarni mustahkamladi.
Erişilgan kelişuvlar Özbekiston taraqqiyotida strategik ahamiyat kasb etib, Ömon kapitali va töğridan-töğri investitsiyalari hisobiga yangi korxonalar hamda yuqori maoşli iş örinlarini yaratiş imkonini beradi. Bundan taşqari, Fors körfazi portlari orqali mamlakatimizning logistik uzilişlarini bartaraf etgan holda Janubi-Şarqiy Osiyo, Yaqin Şarq va Afrika bozorlariga çiqiş yöllarini kengaytiradi. Şu bilan birga, neft–gaz-kimyo sanoati va raqamli iqtisodiyotni modernizatsiya qiliş böyiça ömonlik mutaxassislarning ilğor tajribasi asosida sanoat tarmoqlarini texnologik jihatdan yangilaşga xizmat qiladi.
Umuman olganda, Prezident Şavkat Mirziyoyevning Ömon Sultonligiga amalga oşirgan davlat taşrifi Özbekiston taşqi siyosatining köp qirrali, pragmatik va faol xususiyat kasb etib borayotganini yana bir bor isbotladi. Masqat şahrida erişilgan kelişuvlar va imzolangan salmoqli hujjatlar töplami nafaqat ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa oçdi, balki Özbekistonning global va mintaqaviy iqtisodiy jarayonlardagi örnini yanada mustahkamladi.
Mavluda ADHAMJONOVA,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining
Ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qiliş masalalari qömitasi aʼzosi.
ÖzA