Namangan viloyatining iqtisodiy salohiyatini röyobga çiqariş böyiça ustuvor vazifalar belgilandi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida islohotlar natijadorligini oşiriş, yirik investitsiya loyihalarini jadallaştiriş, aholi bandligi va daromadlarini köpaytiriş yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Mamlakatimizda iqtisodiy ösiş, xorijiy investitsiyalar va eksport böyiça belgilangan marralarga erişiş har bir hududning imkoniyatlarini töliq işga solişni talab etadi. Namanganda ham yuqori texnologiyalar, zamonaviy sanoat va xizmatlar hisobidan taraqqiyotga yangi surʼat beriş uçun keng salohiyat mavjudligi taʼkidlandi.
Joriy yil yakunida viloyatga jalb etilgan xorijiy investitsiyalar 5,4 milliard dollarga, eksport hajmi 1,2 milliard dollarga yetişi kutilmoqda. Kelgusi yilda iqtisodiyotni 9,5 foizga östiriş, xorijiy investitsiyalarni 7-8 milliard dollarga, eksportni esa 1,3 milliard dollarga yetkaziş mumkinligi qayd etildi.

Bu maqsadlar uçun umumiy qiymati 5,4 milliard dollarlik yangi investitsiya takliflari şakllantirilgan. Davlatimiz rahbari ularni aniq loyihalarga aylantiriş, investorlarga zarur şaroit yaratiş va har bir taşabbus ijrosini qatʼiy nazoratga oliş vazifasini qöydi.
Yiğilişda viloyatda barpo etilayotgan va kelgusi yillarda işga tuşirilişi rejalaştirilgan yirik obʼektlar taqdimot qilindi. Jumladan, Namangan xalqaro aeroportini kengaytiriş va modernizatsiya qiliş doirasida soatiga 1,2 ming nafar yölovçiga xizmat körsatadigan yangi terminal hamda yiliga 21,2 ming tonna yuk qabul qiliş quvvatiga ega kargo infratuzilmasi barpo etilmoqda.
Sanoatda Çust tumanida töqimaçilik böyoqlari işlab çiqariş böyiça 260 million dollarlik, çiqindilardan elektr energiyasi olişda 150 million dollarlik va bazaltdan issiqlik saqlovçi materiallar tayyorlaş böyiça 125 million dollarlik loyihalar amalga oşirilmoqda. Pop tumanida kumuş konsentrati, Yangi Namanganda esa farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş rejalaştirilgan.

Raqamli iqtisodiyot uçun kadrlar va yangi iş örinlari yaratiş maqsadida Yangi Namangan şaharçasida zamonaviy IT-park binosini quriş ham közda tutilgan. Unda önlab texnologik korxonalar faoliyat yuritişi rejalaştirilmoqda.
Quriliş va şaharsozlik sohasidagi dasturlar ham muhokama qilindi. Xususan, Yangi Namangan şaharçasida 50 ming xonadonga möljallangan turar joylar, ijtimoiy va xizmat körsatiş obʼektlari barpo etiş loyihasi amalga oşirilmoqda.
Qişloq xöjaligida tayyor mahsulot işlab çiqariş zanjirini şakllantirişga alohida eʼtibor qaratildi. Viloyatdagi 183 ming gektar yer salohiyatidan samarali foydalaniş, mahsulotlarni çuqur qayta işlaş va agrosanoat kooperatsiyasini kuçaytiriş zarurligi taʼkidlandi.

Bu borada Töraqörğonda 70 ming boş qöyga möljallangan zamonaviy klaster faoliyati, bir qator tumanlarda parrandaçilik majmualarini rivojlantiriş işlari körib çiqildi. Kosonsoyda 25 ming boş qoramolga möljallangan yirik çorvaçilik kompleksini barpo etiş rejasi ham muhokama qilindi.
Çust tumanidagi Olmos şaharçasida dehqonçilik maktabini taşkil etiş taşabbusiga ham töxtalib ötildi. Unda agroakademiya, agroinnovatsiya markazi, agrosanoat parki, agrologistika va agroturizm yönalişlarini birlaştiriş, xorijlik hamkorlar bilan yuqori hosilli kartoşka uruğçiligi, eksportbop poliz mahsulotlari yetiştiriş va naslçilikni rivojlantiriş taklif etildi.
Bundan taşqari, intensiv va organik boğdorçilikni kengaytiriş, Pop tumani adirlarini özlaştiriş, qişloq xöjaligiga ilm-fan yutuqlari va ilğor xorijiy tajribani tatbiq etiş böyiça topşiriqlar berildi.

Yiğilişda yoşlar bandligi va daromadlar masalasi ustuvor örin tutdi. Viloyatdagi 786 ming nafar yoşning salohiyatini röyobga çiqariş uçun ularni xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga öqitiş, içki va taşqi mehnat bozorlarida munosib iş örinlari bilan taʼminlaş zarurligi qayd etildi.
Ibrat nomidagi çet tillari institutida italyan tilini örgatiş markazi taşkil etilgani ijobiy baholandi. Italiya kompaniyalari bilan qişloq xöjaligi, elektrotexnika va oziq-ovqat sanoatida iş örinlari yaratiş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Masʼullarga kelgusi yilda 10 ming nafar yoşning Yaponiya va Germaniyada yuqori daromadli iş örinlarida mehnat qilişi uçun maqsadli til va kasbiy tayyorgarlikni yölga qöyiş topşirildi. Xorijdan qaytgan fuqarolarni işga joylaştiriş va ularning muammolarini hal etişda raqamli xizmatlardan foydalaniş muhimligi taʼkidlandi.

Prezidentimiz bu saʼy-harakatlar odamlarning kundalik hayoti va daromadlarida aniq natija berişi lozimligini körsatib ötdi. Şu asosda viloyat aholisining örtaça daromadini 9,6 million sömga yetkaziş böyiça vazifalar belgilandi.
Turizm sohasida Pop tumanidagi “Araşan” köp funksiyali majmuasini barpo etiş işlari va “Qamçiq” toğ dam oliş maskani loyihasi muhokama qilindi. “Araşan” majmuasining birinçi bosqiçini 2027-yilda işga tuşiriş, kelgusida yiliga 1,5 million nafar sayyohni jalb qiliş közda tutilgan.
Şuningdek, Yangiqörğon, Kosonsoy va Çustda yangi turizm zonalarini rivojlantiriş, Çustda piçoqçilik, döppidözlik, kulolçilik va yoğoç öymakorligi anʼanalarini jamlaydigan Hunarmandlar şaharçasini taşkil etiş taklif qilindi. Mazkur loyiha doirasida 4 mingdan ziyod iş örni yaratiş rejalaştirilgan.
Savdo va servisni kengaytirişda ham qöşimça imkoniyatlar bor. Hozir tunu kun işlaydigan 35 ta köçada 5 mingdan ziyod aholi daromad topmoqda. Kelgusi yilda bunday köçalar sonini 50 taga yetkaziş, Sirdaryo böyida dam oliş va xizmat körsatiş maskanlarini taşkil etiş, yölböyi servisini yaxşilaş vazifalari qöyildi.
Bu tarmoqlarga malakali kadrlar tayyorlaşda Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda turizm va mehmonxona boşqaruvi böyiça qöşma taʼlim dasturlarini yölga qöyiş masalalari körib çiqildi.
Çekka mahallalar aholisiga xizmatlarni yaqinlaştiriş masalalari ham eʼtibor markazida böldi. Norin tumanidagi mahalla axborot va xizmat markazi tajribasini barça tumanlarga tatbiq etiş, Koreya Respublikasi tajribasi asosida “Aqlli qişloq” loyihalarini rivojlantiriş taklif qilindi.
Yiğiliş yakunida viloyat hokimligi va islohotlar ştabiga yirik loyihalarni öz vaqtida amalga oşiriş, yangi iş örinlari va barqaror daromad manbalarini köpaytiriş, aholini qiynayotgan masalalarga manzilli yeçim topiş yuzasidan topşiriqlar berildi.