Elektr tarmoqlari yangilanmoqda
Söxning Tul va Çaşma mahallalari oraliği 30 kilometr bölib, oraliqda yana 23 ta MFY joylaşgan. Bugun ularning barçasida birdek elektr tarmoqlari yangilanmoqda.
— Tumanimizda 425 kilometr elektr tarmoği bölib, u 1969-yilda qurilgan. Bugunga kelib tizimda yangilanişlar olib borilmoqda, — deydi Söx tuman elektr taʼminoti idorasi boş muhandisi Baxtiyor Rahmonov. — Agar eski tizimda 105 ta transformator bölsa, endi ular soni 254 taga yetkazildi.

— Qöşni davlat bilan çegaradoş Çaşma mahallasida bir yarim ming aholi istiqomat qiladi. Olib borilayotgan keng kölamli islohotlar natijasida barça simyoğoçlar yangilanib, quvvatli simlar tortildi, — deydi mehnat faxriysi Hamidjon Akbarov. — Ilgari çoy 20-25 daqiqada qaynasa, hozirda 3-5 daqiqada qaynaydi. Bunday ğamxörlik, islohotlar ortida Prezidentimiz turganini xalqimiz bilib, doim duoda.
Söx tumanidagi Tul MFY aholisi ham obodonçilik, yangilaniş borasidagi işlarni qöllab-quvvatlamoqda. Zero, gap faqat elektr taʼminoti tizimining yangilanişidagina emas. Bu öz navbatida yangi korxonalar, yangi iş örinlari oçişning qulay imkoniyati hamdir.
– Qişloğimizga hammaning havasi keldi. Köçalarning asfalt bölmagan qismi qolmadi. Yuz foiz toza içimlik suvi bilan taʼminlandi, – deydi mehnat faxriysi Fazliddin Dadakarimov. – Men xalqiga mehribon yurtda yaşayotganimdan faxrlanaman.

– Hozir ikkita yangi, quvvati 10 ming kilovattli transformatorlar qöyiş ustida iş boşlandi, – deydi Baxtiyor Rahmonov. – Şu kunga qadar foydalanib kelganimiz quvvati 4 ming kilovatt edi. Endi sifatli taʼminot imkoniyati ikki yarim barobarga oşadi.
Muhammadjon Obidov
Elyor Obidov